Bu yil 950 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirdi - DTM

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
Obuna bo‘lish
OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlarning yarmi sirtqi ta’lim shaklida o‘qin istagini bildirgan.
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlariga 2021-2022 o‘quv yili uchun 950 mingg yaqin abituriyentlar hujjat topshirdi deb xabar qilmoqda Davlat Test markazi.
Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 948 211 nafar. Ularning yarmi kunduzgi va yarmi sirtqi ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirgan. 32 mingga yaqin talaba kechki ta’lim shaklini tanlagan.
Kunduzgi ta’lim shakli – 479 627 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli – 435 995 nafar;
Kechki ta’lim shakli – 32 589 nafar.
Abituriyentlarning aksariyati 800 ming dan ortig‘i - o‘zbek tilida ta’lim olish istagini bildirgan. Rus tili guruhlariga topshirganlar - 100 mingdan ortiq.
O‘zbek tili – 804 660 nafar;
Rus tili – 109 232 nafar;
Qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;
Boshqa tillar – 2 857 nafar.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi OTMlarga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi. Imtihonlar kuniga ikki smenada, soat 07:00 dan 19:00 dan boshlanishi belgilangan. Epidemiologie vaziyatni hisobga olib testlarni ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazish belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0