Dunyoda

Marshal Doʻstum Afgʻonistonga qaytdi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishDen goroda v Groznom
Den goroda v Groznom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Afgʻonistondagi oʻzbek diasporasi yetakchisi, SSSRda harbiy taʼlim olgan, malakali qoʻmondon marshal Doʻstum uch haftalik tanaffusdan soʻng vatanga qaytdi
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Taniqli qoʻmondon marshal Doʻstum Afgʻonistonga qaytdi. Bu haqda Khat-e Nakhost nashri xabar bermoqda.
Ilgariroq, iyun oyining 20-sanalarida harbiy qoʻmondon Afgʻonistonni armiya vertolyotida tark etgani haqida maʼlum boʻlgan edi.
Etnicheskiy uzbekskiy voyenachalnik Abdul Rashid Dustum vo vremya intervyu agentstvu Frans Press v Kabule 24 dekabrya 2001 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2020
Analitika
Afgʻonistonning bardoshli generali – Abdul-Rashid Doʻstumning tarjimai holi
OAV va jamoatchilik orasida marshal Doʻstumning Afgʻonistonni tark etishi sabablarining ikki versiyasi tarqalgan edi.
Versiyalardan biriga koʻra, marshal koronavirusning ogʻir formasiga chalingan va uning professional tibbiy xizmatga ehtiyoji boʻlgan. Boshqa versiyaga koʻra, u toliblar bilan jangda jarohatlangan.
Rasmiy manbalar tomonidan harbiy qoʻmondon Antaliyada boʻlib oʻtadigan Diplomatik forumda ishtirok etish hamda boshqa siyosiy muzokaralarda qatnashish uchun Turkiyaga joʻnab ketgani haqida bayonot berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala