Siyosat

Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe
Tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Sammit yakunida muhim koʻp tomonlama hujjatlar, shu jumladan davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinadi.
TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5-6 avgust kunlari Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Turkmaniston prezidenti raisligida oʻtadigan tadbirda Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashadi.
Davlat rahbarlari 2019 yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtgan Maslahat uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijalarini koʻrib chiqadilar.
Kun tartibiga mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni taʼminlash, savdoni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish va boshqa masalalar ham kiritilgan.
Oʻzbekiston prezidenti oʻz nutqida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va koʻmak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, uzoq muddatli umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yoʻnalishlarini bayon qilishi kutilmoqda.
Flagi tsentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Siyosat
Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti avgustda Turkmanistonda boʻlib oʻtadi
Sammit yakunida muhim koʻp tomonlama hujjatlar, shu jumladan davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi ham rejalashtirilgan.
Maslahat uchrashuvining dasturi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi, milliy mahsulotlar koʻrgazmasi, milliy taomlar festivali hamda sanʼat ustalarining tantanali kontserti oʻtkazilishi moʻljallangan.
Taʼkidlash joiz, maslahat uchrashuvlarini oʻtkazish tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.
Davlat rahbarlarining birinchi sammiti 2018 yil mart oyida Qozogʻistonning poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi esa 2019 yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala