Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSeremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe
Seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
Obuna bo‘lish
Sammit yakunida muhim ko‘p tomonlama hujjatlar, shu jumladan davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5-6 avgust kunlari Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Turkmaniston prezidenti raisligida o‘tadigan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashadi.
Davlat rahbarlari 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Maslahat uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijalarini ko‘rib chiqadilar.
Kun tartibiga mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, savdoni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va boshqa masalalar ham kiritilgan.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, uzoq muddatli umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon qilishi kutilmoqda.
Flagi sentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti avgustda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi
Sammit yakunida muhim ko‘p tomonlama hujjatlar, shu jumladan davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Maslahat uchrashuvining dasturi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalarining tantanali konserti o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Ta’kidlash joiz, maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.
Davlat rahbarlarining birinchi sammiti 2018-yil mart oyida Qozog‘istonning poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi esa 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0