Dunyoda

Oʻzbekiston Qozogʻistonda yangi hashamatli masjid qurmoqda

© Akimat Turkestanskoy oblastiUzbekistan stroit mechet v Kazaxstane
Uzbekistan stroit mechet v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Qozogʻistonning Turkiston shahriga kiraverishda Oʻzbekiston hashamatli masjid qurilmoqda. Yangi loyiha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Bunday diqqatga sazovor joyning qurilishi qoʻshni Oʻzbekistonning Turkistonga sovgʻasi boʻlib, uni kelasi yili yakunlash rejalashtirilgan. Arxitekturasi oʻziga xos boʻlgan Islom markazining ichki va tashqi bezaklari sharqona uslubda amalga oshirilgan. Yangi loyiha har tomonlama oʻrganib chiqilgan. Jahonning eng yaxshi tajribalari inobatga olingan”, — deyiladi xabarda.
Yangi masjid 5 ming kishiga moʻljallangan boʻlib, umumiy maydoni 20000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjid poydevorini mustahkamlash uchun uning oʻziga xos texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyeyev zapustili novuyu shkolu i ozdorovitelnыy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Samarqand va Xatlonda muhim ijtimoiy obʼyektlar ochildi
Avvalroq Oʻzbekiston Togʻli Qorabogʻda maktab qurishni rejalashtirayotgani maʼlum boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala