Dunyoda

Afgʻoniston chegarasi yaqinida Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy mashqlarni boshlashdi

© Sputnik / Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbeksko-rossiyskiye ucheniya v Termeze
Uzbeksko-rossiyskiye ucheniya v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston oʻquv-mashgʻulotlari 5 - 10 avgust kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2,5 ming harbiylar ishtirok etadi.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiya, Tojikiston va Oʻzbkiston harbiylari Tojikistonning Afgʻoniston chegarasi yaqinidagi Xarb-Maydonpoligonida oʻquv mashqlari oʻtkazishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Markaziy Harbiy okrugi qoʻmondonligi.
Oʻquv mashqlarning tantanali ochilish marosimida askarlarni Rossiya MHO qoʻmondoni oʻrinbosari Yevgeniy Poplavskiy, Tojikiston mudofaa vaziri oʻrinbosari Abduxoshim Gʻulomzoda hamda Oʻzbekiston Bosh shtabi boshligʻi oʻrinbosari Farrux Ziyaboyevlar qutlashdi.
“Oʻquv mashqlarning asosiy maqsadi – bu bizning davlatlar qurolli kuchlari orasida jangovar hamkorlik hamda yaqin aloqalarni mustahkamlash, qoʻshinlar tayyorgarligining yuqori darajasini hamda askarlar jangovar ruhi mustahkamligini taʼminlashdir”, - dedi qutlov soʻzida Poplavskiy.
Oʻquv mashqlar davomida orttirilgan jangovar tajribani sinovdan oʻtkazish, qoʻshinlarni qoʻllashning optimal shakllarini va jang olib borishda umumiy yechimlar ishlab chiqish, deb qoʻshimcha qildi u.
Eslatib oʻtamiz Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston ishtirokidagi harbiy oʻquv-mashgʻulotlar 5 avgustdan 10 avgustga qadar boʻlib oʻtadi. Unda 2,5 minga yaqin harbiylar va 500ga yaqin qurol-aslaha birligi ishtirok etadi.
Oʻshbu oʻquv mashqlarda Rossiya harbiylarining asosini 201-harbiy baza askarlari tashkil etadi. Ular orasid togʻ moto-oʻqchi, tank va artilleriya qoʻshinlari bor. Shuningdek maxsus boʻlinmalar, radiatsion, kimyoviy, biologik himoya va radioelektron kurash boʻlinmalari ham bor.
Oʻquv mashgʻulotlar Afgʻonistonda vaziyat keskinlashayotgan vaqtda boʻlib oʻtmoqda. U yerdan Amerika qoʻshinlari olib chiqib ketilganidan soʻng qarama-qarshi tomonlar orasida ziddiyat keskin ortib, mamlakat fuqaro urushi va xaos ichida qoldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala