Rossiya

Rossiyada bepul oʻqishni istaysizmi? "Rossotrudnichestvo" qator imtiyozlarni eʼlon qildi

© CC0 / Unsplash / Mikael KristensonStudentы v auditorii vuza. Illyustrativnoye foto
Studentы v auditorii vuza. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
"Rossotrudnichestvo" agentligining yangi qabul kampaniyasi shu yildan boshlanadi. MDH mamlakatlari fuqarolarida Rossiya oliy oʻquv yurtlarida bepul taʼlim olish imkoniyati koʻproq boʻladi, deyiladi agentlik bayonotida
TOSHKENT, 5 avg - Sputnik, Danara Kurmanova. "Rossotrudnichestvo" Federal agentligi 4 avgust kuni 2022-2023 oʻquv yillarida Rossiya oliy oʻquv yurtlarida chet elliklarning taʼlim olishi uchun navbatdagi tanlov boshlanganini eʼlon qildi.
Yangi qabul jarayoni 1 sentyabrdan start oladi. Bunda kvotalar koʻpaytirilishidan tortib, yangi dasturlarning rivojlantirilishi singari qator islohotlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Ushbu oʻzgarishlar doirasida Rossiya oliygohlarining birida byudjet asosida tahsil olish imkonini qoʻlga kiritish mumkin. "Rossotrudnichestvo" boshlayotgan yangi kampaniyaning barcha tafsilotlari - Sputnik obzorida.

MDH - ustuvorlikka ega

"Rossotrudnichestvo" agentligi kvotalar doirasida chet elliklar uchun Rossiya oliy oʻquv yurtlarida byudjetdan ajratiladigan joylar sonini muttasil oshirib bormoqda. Agar oʻtgan oʻquv yili idora 15 ming nafar chet ellik abituriyentlarni kvota boʻyicha qabul qilgan boʻlsa, joriy yil dunyoning 175 mamlakatidan 18 ming kishi kvota boʻyicha Rossiya oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirdi.
Flagovaya alleya v SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Jamiyat
Rossiyada oliy maʼlumot: oʻqishga kirish va moslashish haqida
2022-2023 oʻquv yillarida kvotalar hajmi 23 ming oʻringacha oshiriladi. Shu bilan birga, MDH mamlakatlari agentlik uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlib qolmoqda, deya taʼkidlaydi "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov.
"Birinchi navbatda bizni, albatta, qoʻshni davlatlar qiziqtiradi", - deydi Primakov, joriy yilda 80 ming arizadan 30%i MDH davlatlaridan kelib tushganiga urgʻu bergan holda.
Agentlik rahbariga koʻra, tanlov tadbirlarida hammadan ham Tojikiston faol boʻlgan, bu mamlakatdan 5 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.
Top-10talik davlatlari qatoridan shuningdek, Oʻzbekiston (3 ming ariza), Qozogʻiston (2 ming ariza), Qirgʻiziston va Turkmaniston (2 mingga yaqin arizalar) oʻrin egallagan.
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Jamiyat
YEOIIda yashash, oʻqish va biznes yuritish qulay boʻlishi kerak – Mishustin
Qoʻshni davlatlardan kelgan abituriyentlar asosan bakalavriat dasturlariga hujjat topshirishadi. Masalan, tojikistonlik kechagi maktab oʻquvchilari tibbiyot, iqtisod va informatika yoʻnalishlarini tanlashmoqda. Qozogʻistonliklar ham kompyuter texnologiyalarini afzal koʻrishsa-da, biroq tilshunoslik va pedagogikaga ham ularning qiziqishi yuqori. Oʻzbekistondan kelayotgan abituriyentlar esa koʻproq tibbiyot, geologiya va neft-gaz sohasini tanlashmoqda.

Raqamlashtirish afzalliklari

Yangi qabul kampaniyasi 1 noyabrga qadar davom etadi. Chet ellik abituriyentlar arizani onlayn tarzda "Rossiya Federatsiyasida chet elliklar uchun taʼlim" portali orqali topshirishlari mumkin, deya tushuntiradi Yevgeniy Primakov.
"Joriy yil portal test rejimida ishlaydi, - deydi "Rossotrudnichestvo" rahbari. – Ammo kelasi yildan u toʻliq hajmda ishga tushirilishiga ishonamiz. Hozircha portal orqali ariza topshirish, tanlovning birinchi bosqichida koʻzda tutilgan hamda chet eldagi vakolatxonalar va Rossiya elchixonalari tomonidan amalga oshiriladigan barcha zarur bosqichlardan oʻtish mumkin".
Vstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Jamiyat
MISiS filialida kirish imtihonlari boshlandi
Yevgeniy Primakovning soʻzlariga koʻra, ariza topshirishning onlayn shakli chet elliklarning oʻqishga qabul qilinishi jarayoni "yanada shaffof va tushunarli boʻlishi uchun xizmat qilib, turli korruptsiyaviy xavotirlarni istisno etadi".
Saytda arizani toʻldirish algoritmi rostdan ham juda oddiy: arizachidan anketani toʻldirish va hujjatlar toʻplami bilan birga, shaxsiy yutuqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilish soʻraladi, xolos. Arizalar eng koʻp kelib tushgan mamlakatlar fuqarolari uchun testlar ham onlayn rejimda oʻtadi. Yangi qoidalarga koʻra, tanlov ishtirokchisi imtihonni kompyuter yordamida masofadan turib topshiradi. Sinov vaqtida testdan oʻtayotgan abituriyentni maxsus komissiya aʼzosi kamera orqali kuzatib boradi.
Testlar rus tilida oʻtkaziladi, joriy yilda Turkmaniston, Qozogʻiston, Ukraina, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Abxaziya va Janubiy Osetiyadan 8 ming nafar abituriyentlar ushbu testlardan oʻtishgan. Yevgeniy Primakovning fikricha, sinovlarning yangi formati pandemiyada ayniqsa samarali boʻldi, transport harakati butun dunyoda cheklanganligi bois, koʻplab abituriyentlar offlayn tarzda oʻtkaziladigan test sinovlariga kela olmas edilar.

Faqat kvotalar bilan cheklanilmaydi

"Rossotrudnichestvo" taklif etayotgan yangiliklardan yana biri, - bu grantlar tizimidir. Hozirda ushbu gʻoya hukumat tomonidan koʻrib chiqilyapti, deydi agentlik rahbari oʻrinbosari Pavel Shevtsov.
"Kvota - oʻqish uchun bepul joy degani, grant esa nafaqat taʼlim olishni, balki avia-chiptalar, shuningdek, stipendiyani nazarda tutadi", deya tushuntiradi u. "Bunday model Gʻarb va Xitoy taʼlim dasturlari bilan boʻlgan raqobatni tenglashtirgan boʻlardi. Axir ular asosan grantlarni taklif etishadi, shu bois, toʻlaqonli ijtimoiy paket kerak, deb hisoblaymiz".
Kak proxodyat zanyatiya v filiale NIYAU MIFI posle karantina  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Jamiyat
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti: Toshkent filialiga qabul kvotasi
Ammo, MDH fuqarolari uchun Rossiya hozirdanoq bepul oʻqish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni taklif etmoqda, deya aniqlik kiritadi Pavel Shevtsov. "Uzoq mamlakatlar fuqarolaridan farqli oʻlaroq, MDHdan boʻlgan yigit-qizlar universitetlarning oʻzlari tomonidan oʻtkazadigan alohida qabul, shuningdek, olimpiadalar orqali, byudjetga oʻqishga kirishlari mumkin", - deydi u. - Olimpiadalar orasida eng koʻzga tashlanadigani - magistraturaga oʻqishga kirishni istovchi abituriyentlar uchun oʻtkaziladigan - "Open doors: Russian Scholarship Project" xalqaro olimpiadasidir.
Olimpiadada odatda 30 yoshdan yuqori chet elliklar ishtirok etishadi, bunda, xuddi "Rossotrudnichestvo"dagi singari ishtirok etish uchun arizalarning aksariyati MDH mamlakatlari fuqarolaridan kelib tushadi, deydi loyiha kuratori Irina Karelina.
"Olimpiada gʻoliblarining 15%i – bu MDH mamlakatlari vakillaridir, - dedi Irina Karelina Sputnik agentligiga bergan izohida. – Qoʻshni davlatlar bitiruvchilarida taʼlim grantini olish imkoniyati koʻproq, nega deganda taʼlim tizimlarimiz hamohangdir. Boz ustiga, MDHdan boʻlgan ishtirokchilar rus tilida bemalol soʻzlasha oladi. Eng faol mamlakatlar - bu oʻzbekiston va Qozogʻiston, eng talabgir magistrlik dasturlari esa – bu biznes, siyosiy fanlar, filologiya va muhandislikdir. Soʻrov shuni koʻrsatadiki, MDH ishtirokchilari Rossiya taʼlimining sifati va mamlakatda yashash qulayligidan kelib chiqib, Rossiyada oʻqishni istaydilar".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala