Rossiyada bepul o‘qishni istaysizmi? "Rossotrudnichestvo" qator imtiyozlarni e’lon qildi

Obuna bo‘lish
"Rossotrudnichestvo" agentligining yangi qabul kampaniyasi shu yildan boshlanadi. MDH mamlakatlari fuqarolarida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida bepul ta’lim olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi, deyiladi agentlik bayonotida
TOShKENT, 5 avg - Sputnik, Danara Kurmanova. "Rossotrudnichestvo" Federal agentligi 4-avgust kuni 2022-2023 o‘quv yillarida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida chet elliklarning ta’lim olishi uchun navbatdagi tanlov boshlanganini e’lon qildi.
Yangi qabul jarayoni 1-sentabrdan start oladi. Bunda kvotalar ko‘paytirilishidan tortib, yangi dasturlarning rivojlantirilishi singari qator islohotlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘zgarishlar doirasida Rossiya oliygohlarining birida budjet asosida tahsil olish imkonini qo‘lga kiritish mumkin. "Rossotrudnichestvo" boshlayotgan yangi kampaniyaning barcha tafsilotlari - Sputnik obzorida.

MDH - ustuvorlikka ega

"Rossotrudnichestvo" agentligi kvotalar doirasida chet elliklar uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida budjetdan ajratiladigan joylar sonini muttasil oshirib bormoqda. Agar o‘tgan o‘quv yili idora 15 ming nafar chet ellik abituriyentlarni kvota bo‘yicha qabul qilgan bo‘lsa, joriy yil dunyoning 175 mamlakatidan 18 ming kishi kvota bo‘yicha Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi.
Flagovaya alleya v SFU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Rossiyada oliy ma’lumot: o‘qishga kirish va moslashish haqida
2022-2023 o‘quv yillarida kvotalar hajmi 23 ming o‘ringacha oshiriladi. Shu bilan birga, MDH mamlakatlari agentlik uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidlaydi "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov.
"Birinchi navbatda bizni, albatta, qo‘shni davlatlar qiziqtiradi", - deydi Primakov, joriy yilda 80 ming arizadan 30%i MDH davlatlaridan kelib tushganiga urg‘u bergan holda.
Agentlik rahbariga ko‘ra, tanlov tadbirlarida hammadan ham Tojikiston faol bo‘lgan, bu mamlakatdan 5 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.
Top-10talik davlatlari qatoridan shuningdek, O‘zbekiston (3 ming ariza), Qozog‘iston (2 ming ariza), Qirg‘iziston va Turkmaniston (2 mingga yaqin arizalar) o‘rin egallagan.
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
YeOIIda yashash, o‘qish va biznes yuritish qulay bo‘lishi kerak – Mishustin
Qo‘shni davlatlardan kelgan abituriyentlar asosan bakalavriat dasturlariga hujjat topshirishadi. Masalan, tojikistonlik kechagi maktab o‘quvchilari tibbiyot, iqtisod va informatika yo‘nalishlarini tanlashmoqda. Qozog‘istonliklar ham kompyuter texnologiyalarini afzal ko‘rishsa-da, biroq tilshunoslik va pedagogikaga ham ularning qiziqishi yuqori. O‘zbekistondan kelayotgan abituriyentlar esa ko‘proq tibbiyot, geologiya va neft-gaz sohasini tanlashmoqda.

Raqamlashtirish afzalliklari

Yangi qabul kampaniyasi 1-noyabrga qadar davom etadi. Chet ellik abituriyentlar arizani onlayn tarzda "Rossiya Federatsiyasida chet elliklar uchun ta’lim" portali orqali topshirishlari mumkin, deya tushuntiradi Yevgeniy Primakov.
"Joriy yil portal test rejimida ishlaydi, - deydi "Rossotrudnichestvo" rahbari. – Ammo kelasi yildan u to‘liq hajmda ishga tushirilishiga ishonamiz. Hozircha portal orqali ariza topshirish, tanlovning birinchi bosqichida ko‘zda tutilgan hamda chet eldagi vakolatxonalar va Rossiya elchixonalari tomonidan amalga oshiriladigan barcha zarur bosqichlardan o‘tish mumkin".
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
MISiS filialida kirish imtihonlari boshlandi
Yevgeniy Primakovning so‘zlariga ko‘ra, ariza topshirishning onlayn shakli chet elliklarning o‘qishga qabul qilinishi jarayoni "yanada shaffof va tushunarli bo‘lishi uchun xizmat qilib, turli korrupsiyaviy xavotirlarni istisno etadi".
Saytda arizani to‘ldirish algoritmi rostdan ham juda oddiy: arizachidan anketani to‘ldirish va hujjatlar to‘plami bilan birga, shaxsiy yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilish so‘raladi, xolos. Arizalar eng ko‘p kelib tushgan mamlakatlar fuqarolari uchun testlar ham onlayn rejimda o‘tadi. Yangi qoidalarga ko‘ra, tanlov ishtirokchisi imtihonni kompyuter yordamida masofadan turib topshiradi. Sinov vaqtida testdan o‘tayotgan abituriyentni maxsus komissiya a’zosi kamera orqali kuzatib boradi.
Testlar rus tilida o‘tkaziladi, joriy yilda Turkmaniston, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Abxaziya va Janubiy Osetiyadan 8 ming nafar abituriyentlar ushbu testlardan o‘tishgan. Yevgeniy Primakovning fikricha, sinovlarning yangi formati pandemiyada ayniqsa samarali bo‘ldi, transport harakati butun dunyoda cheklanganligi bois, ko‘plab abituriyentlar offlayn tarzda o‘tkaziladigan test sinovlariga kela olmas edilar.

Faqat kvotalar bilan cheklanilmaydi

"Rossotrudnichestvo" taklif etayotgan yangiliklardan yana biri, - bu grantlar tizimidir. Hozirda ushbu g‘oya hukumat tomonidan ko‘rib chiqilyapti, deydi agentlik rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov.
"Kvota - o‘qish uchun bepul joy degani, grant esa nafaqat ta’lim olishni, balki avia-chiptalar, shuningdek, stipendiyani nazarda tutadi", deya tushuntiradi u. "Bunday model G‘arb va Xitoy ta’lim dasturlari bilan bo‘lgan raqobatni tenglashtirgan bo‘lardi. Axir ular asosan grantlarni taklif etishadi, shu bois, to‘laqonli ijtimoiy paket kerak, deb hisoblaymiz".
Kak proxodat zanyatiya v filiale NIYaU MIFI posle karantina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti: Toshkent filialiga qabul kvotasi
Ammo, MDH fuqarolari uchun Rossiya hozirdanoq bepul o‘qish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taklif etmoqda, deya aniqlik kiritadi Pavel Shevsov. "Uzoq mamlakatlar fuqarolaridan farqli o‘laroq, MDHdan bo‘lgan yigit-qizlar universitetlarning o‘zlari tomonidan o‘tkazadigan alohida qabul, shuningdek, olimpiadalar orqali, budjetga o‘qishga kirishlari mumkin", - deydi u. - Olimpiadalar orasida eng ko‘zga tashlanadigani - magistraturaga o‘qishga kirishni istovchi abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan - "Open doors: Russian Scholarship Project" xalqaro olimpiadasidir.
Olimpiadada odatda 30 yoshdan yuqori chet elliklar ishtirok etishadi, bunda, xuddi "Rossotrudnichestvo"dagi singari ishtirok etish uchun arizalarning aksariyati MDH mamlakatlari fuqarolaridan kelib tushadi, deydi loyiha kuratori Irina Karelina.
"Olimpiada g‘oliblarining 15%i – bu MDH mamlakatlari vakillaridir, - dedi Irina Karelina Sputnik agentligiga bergan izohida. – Qo‘shni davlatlar bitiruvchilarida ta’lim grantini olish imkoniyati ko‘proq, nega deganda ta’lim tizimlarimiz hamohangdir. Boz ustiga, MDHdan bo‘lgan ishtirokchilar rus tilida bemalol so‘zlasha oladi. Eng faol mamlakatlar - bu o‘zbekiston va Qozog‘iston, eng talabgir magistrlik dasturlari esa – bu biznes, siyosiy fanlar, filologiya va muhandislikdir. So‘rov shuni ko‘rsatadiki, MDH ishtirokchilari Rossiya ta’limining sifati va mamlakatda yashash qulayligidan kelib chiqib, Rossiyada o‘qishni istaydilar".
Yangiliklar lentasi
0