Migratsiya

Rossiyada MDH mamlakatlaridan boʻlgan noqonuniy migrantlar soni ochiqlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiyada 700 mingdan ziyod MDH mamlakatlaridan boʻlgan migrantlar bor. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Ukraina elchilari bilan uchrashuvda maʼlum qildi, deyiladi IIV saytida.
Rossiya IIV aprel oyida noqonuniy migrantlarga idoraning hududiy organlariga roʻyxatdan oʻtish va zaruriy hujjatlarini rasmiylashtirishni tavsiya qilganini eslatgan.
“Bunga qaramasdan, hamma chet el fuqarolari ham IIV murojaat qilishga shoshilishmayapti Bugungi kunda MDHga aʼzo davlatlarning 700 mingdan ziyodi fuqarosi “soyada” qolishda davom etmoqda”, - deyilgan xabarda.
V Amurskuyu oblast na rabotu pribыli 197 grajdan respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi
Bundan tashqari, Gorovoyning soʻzlariga koʻra, bu yil xorijiy fuqarolar sodir etgan jinoyatlar soni 5 foizga oʻsgan. Gap jamoat tartibini buzish va ommaviy janjallar haqida bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan 30 sentyabrga qadar migrantlarning vaqtincha boʻlish muddati uzaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala