Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Sabina Toshkenboyeva koronavirus yuqtirib olgani sabab Tokio Olimpiadasida qatnashmaydi

© Press-slujba NOKGimnastka iz Uzbekistana Sabina Tashkenbayeva zavoyevala litsenziyu na Olimpiadu v Tokio
Gimnastka iz Uzbekistana Sabina Tashkenbayeva zavoyevala litsenziyu na Olimpiadu v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Endilikda Tokio Olimpiadasining koʻpkurash bahslarida Sabinaning oʻrniga Yekaterina Fetisova Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Badiiy gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva koronavirusga chalingani sabab Tokio Olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilmaydi. Bu haqda uning oʻzi Instagram sahifasida maʼlum qildi.
“Olimpiya oʻyinlarida qatnashishim kerak edi. Ammo afsuski, koronavirus meni ham chetlab oʻtmadi. Musobaqalarda ishtirok eta olmayman. Oʻrnimga Yekaterina Fetisova bahslarga kirishadi. Unga va butun terma jamoamizga omad tilayman. Biz bu yoʻlda juda uzoq yoʻlni bosib oʻtgandik, biroq Olimpiadada ishtirok etish nasib etmadi. Meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, - deydi sportchi oʻz murojaatida.
Shu tariqa endilikda Tokio Olimpiadasining koʻpkurash bahslarida Sabinaning oʻrniga Yekaterina Fetisova Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Baxodыr Djalolov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Tokio Olimpiadasi: finalga chiqqan Jalolov va kurashchilarning “bronza” yutish imkoniyati
Oʻzbekiston Tokio-2020 Olimpiya oʻrinlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, davlatlar orasida 32-oʻrinda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala