Migratsiya

Samarada pasporti olib qoʻyilgan va maoshi berilmagan oʻzbekistonliklarga yordam koʻrsatildi

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsii V Samare okazana pomoщ migrantam iz Uzbekistana, u kotorыx bыli otobranы pasporta i ne vыdanы zarplatы
V Samare okazana pomoщ migrantam iz Uzbekistana, u kotorыx bыli otobranы pasporta i ne vыdanы zarplatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Ish beruvchi oldindan kelishilgan har oy uchun 40 ming rubl ish haqlarining 3 oyligini ham bermagan.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiyaning Samara viloyatida majburiy mehnatga jalb qilingan bir guruh oʻzbekistonliklarning muammosi hal qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning may oyida ogʻzaki kelishuv asosida 6 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Samara viloyatidagi issiqxonada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan.
Ish beruvchi ularning pasportlarini olib, patent rasmiylashtirgan. Ammo hujjatlarini qaytarib bermagan. Shuningdek, oldindan kelishilgan har oy uchun 40 ming rubl ish haqlarining 3 oyligi berilmagan.
Fuqarolar Agentligining Samara viloyatidagi vakolatxonasiga videomurojaat orqali pasportlarini olib berib, majburiy mehnatdan ozod qilishlarini soʻragan.
Vakolatxona xodimlari Samara viloyati Kinel shahri ichki ishlar boshqarmasiga oʻzbekistonliklarni majburiy mehnatdan ozod qilishda yordam soʻrab, ariza yozgan.
Natijada muammo oʻrganilgan va qisqa muddatda ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda ularning ish joylariga borib, muammolari hal etilgan.
Predstaviteli Mintruda RUz pobыvali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2019
Migratsiya
Pasporti olib qoʻyilgan va ish haqi toʻlanmagan 25 nafar fuqaroga yordam koʻrsatildi – TIV
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala