Tojikistonda qutqaruv vertoloti halokatga uchradi: bir kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVertolet Mi-8
Vertolet Mi-8 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Tojikistonda vertolot qutqaruvchilar bilan halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumtlarga ko‘ra, tojik chegara xizmatining MI-8 vertoloti qulagan. Bir kishi halok bo‘lgani va to‘rt kishi jarohati olgani aytilmoqda. Manba bergan xabarga qaraganda, uchuvchi halok bo‘lgan.
Vertolot 4-avgust kuni Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Vanj tumanidani Poyi Mazor hududida Abduqahhor darasida qo‘nish vaqtida halokatga yo‘liqqan.
Mesto stolknoveniya dvux passajirskix poyezdov vozle derevni Milavse mejdu stansiyami Domajlitse i Blizeyov, Cheshskaya Respublika  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar bor
Ta’kidlanishicha, u 28-iyul kuni falokat signaligi bergan yetti nafar rossiyalik sayyohlarni evakuatsiya qilish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lgan.
Hozirda qutqaruvchilar yaralanganlarga yordam berish va ularni xavfsiz yerga olib o‘tish uchun voqea joyiga borishmoqda. Shu bilan birga yo‘qolgan rossiyalik sayyohlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0