Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Tokio Olimpiadasi: oʻn uchinchi kun yakunlari

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishDjavrail Shapiyev (Uzbekistan)
Djavrail Shapiyev (Uzbekistan) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarining 13-kuni nihoyalandi. Unda Oʻzbekiston vakillari sportning yengil atletika, erkin kurash, zamonaviy beshkurash yoʻnalishlarida medal uchun omadlarini sinab koʻrishdi.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining 13-kunida oʻzbekistonlik sportchilar sportning toʻrt yoʻnalishida medallar uchun qizgʻin kurash olib borishdi. Sputnik Oʻzbekiston vakillarining bugungi Olimpiya oʻyinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.

Yengil atletika: finalga chiqqan Safina Sadullayeva

Erta tongdan Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan yengil atletika bahslariga start berildi. Koʻpkurashchi Yekaterina Voronina guruhda 12-pogʻonani egallab, Olimpiada bilan xayrlashdi.
Balandlikka sakrash yoʻnalishida Svetlana Radzivil hamda Safina Sadullayeva saralash bosqichida oʻz omadini sinab koʻrdi. Radzivil saralash doirasida 1.93 metr natijadan oʻta olmadi va u uchun ham musobaqalar yakunlandi.
Safina Sadullayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Cafina Sadullayeva finalga chiqdi
Safina Sadullayeva esa saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, final dasturida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan oʻta oldi. Ushbu yoʻnalishning final bahslari 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi. Boʻlajak bellashuvda ham Sadullayevaga omad tilab qolamiz.

Erkin kurash: bugun medalsiz qoldik, ammo ertaga umid bor

Bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi Javrail Shapiyev (-86 kg) oʻtish bosqichida Stefan Reyxmut bilan kurashdi. Murosasiz kurashda oʻzbekistonlikning qoʻli balandi keldi. Bronza uchun asosiy jangda Shapiyev imkoniyatni rossiyalik Artur Nayfonovga boy berdi va medalsiz qoldi.
Yana bir erkin kurashchi Gʻulomjon Abdullayev bronza medali uchun oʻtish bosqichida ishtirok etdi. -57 kg vazn toifasida kurashgan Abdullayev AQSH vakili Tomas Gilmanga yengildi.
Uchinchi mahoratli erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov dastlabki davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes ustidan gʻalaba qozondi. Keyin u finalda rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi gilamga chiqib, imkoniyatni boy berib qoʻydi. Keyinchalik rossiyalik kurashchi finalga yoʻl oldi va bu esa Oʻzbekiston vakiliga bronza medal uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini tugʻdirdi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaBorets volnogo stilya Bekzod Abduraxmanov poluchil shans poborotsya za "bronzu"
Borets volnogo stilya Bekzod Abduraxmanov poluchil shans poborotsya za bronzu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Borets volnogo stilya Bekzod Abduraxmanov poluchil shans poborotsya za "bronzu"
Shu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov oʻtish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni magʻlub eta olsa, bronza medali uchun qozogʻistonlik Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.

Zamonaviy beshkurash: oʻzbekistonlikning ilk debyuti

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari zabt etgan yangi sport turi zamonaviy beshkurash boʻldi. Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan musobaqada Alise Faxrutdinova kurashga kirishdi. Reglamentga koʻra, dastlab qilichbozlik boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi.
© NOK UzbekistanaAlise Faxrutdinova
Alise Faxrutdinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Alise Faxrutdinova
U 35 jangdan 16 tasidan gʻalaba qozondi va bu unga 196 ochko taqdim qildi. Hozircha Faxrutdinova 22-pogʻonada ketmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala