Jamiyat

Vaktsina oʻlimga sabab boʻlmasligi uchun nima qilish kerak - infektsionist maslahati

© Facebook / Yevgeniy TimakovYevgeniy Timakov, Vrach-pediatr, infektsionist i vaktsinolog, glavnыy vrach medtsentra «Lider-Meditsina»
Yevgeniy Timakov, Vrach-pediatr, infektsionist i vaktsinolog, glavnыy vrach medtsentra «Lider-Meditsina» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Anna Cherkasova
COVID-19 pandemiyasi butun dunyoda avj olmoqda, virusning yangi mutatsiyalari paydo boʻlmoqda, lekin insoniyat unga qarshi samarali dori hozircha ishlab chiqqani yoʻq. Shunday ekan, hozircha virusga qarshi kurashishning yagona samarali uslubi – vaktsina olish boʻlib qolmoqda.
Ushbu munosabat bilan Sputnik infektsionist-shifokor, pediatr va tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Timakovga savollar bilan murojaat qildi.

Shifokor soʻzlariga koʻra, vaktsina olishdan oldin oʻziing mutlaq sogʻligiga shubha qilgan kishilar shifokor koʻrigidan oʻtishi, umumiy qon analizlari topshirishi maqsadga muvofiq boʻlardi. Ayniqsa surunkali kasali, organizmida yashirin jarayonlar kechishi mumkin boʻlgan yoki qon trombozi sodir boʻlish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar bunga qatʼiy amal qilishlari kerak.

Surunkali kasali borlar oʻzlarining kasalliklari boʻyicha mutaxassis shifokor koʻrigidan oʻtib uning maslahatini olishlari kerak. Bundan tashqari qon biokimyo analizi topshirish, qondagi trombotsitlar miqdorini tekshirish, ayrim vaktsinalarni olishda tromb hosil boʻlishning oldini oladi.
Shuningdek, PZR taxlili topshirish va antitanachalar darajasini aniqlash ham ortiqcha boʻlmaydi. Agar bemor kasallikning yengil shaklini boshida kechirgan boʻlsa va unda ayni damda antitanachalar miqdori yuqori boʻlsa – tezkor vaktsinatsiya qilishga hojat boʻlmaydi.
Yevgeniy Timakov ob uzbeksko-kitayskoy vaktsine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Video
Xitoy vaktsinasi nega uch marta qoʻyiladi - shifokor izohi
Shu bilan birga, tashhis topshirish va shifokorlar oldiga tashrif buyurganda juda ehtiyotkor boʻlish kerak. Chunki aynan tibbiy muassasalarda kasallik yuqqan bemorlarga duch kelish va virus yuqtirish xavfi yuqori boʻladi.
“Vaktsina olish arafasida oʻz sogʻligʻingizga jiddiy eʼtibor bering. Agar oz boʻlsada oʻzingizni yomon his qilayotgan boʻlsangiz, yoʻtal, burun bitishi, bosim oshishi kabi holatlar kuzatilayotgan boʻlsa – yaxshisi emlashni 1-2 kun kechiktirgan maʼqul.
Ikkinchidan, vaktsina olgandan soʻng tibbiy muassasani darhol tark etmang. Hech boʻlmasa 30 minut kutib turing, oʻzingizni qanday his qilayotganingizga baho bering. Yaxshisi emlashga biror yaqin kishingiz bilan keling”, - deydi shifokor.
Vaktsina birinchi daqiqalarda qon tomirlariga taʼsir koʻrsatadi. Shu sabali vaktsina olgandan soʻng darhol ishga kirishmaslik, ogʻir ishlarni bajarmaslik kerak.
Vaktsina olgandan soʻng kasal boʻlib qolganlarning asosiy xatosi – ehtiyot choralariga rioya qilish, masofa saqlash, niqob taqish va qoʻlqop kiyishni bas qilishadi. Vaholanki bu mutlaq notoʻgʻri, chunki koronavirusga qarshi immunitet vaktsinaning 2 yoki 3 komponenti olinganidan soʻng 3-4 haftadan keyin hosil boʻladi.
Xulosa shuki, hech qanday vaktsina yoki dori 100% kafolat bermaydi, lekin kasallikning ogʻir shaklidan 100% himoya qiladi. Pandemiyadan qutilishning yagona uslubi – kollektiv immunitet shakllanishi.
Yevgeniy Timakov bilan toʻliq intervyuni quyida tomosha qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala