Iqtisod

Xitoyning Uxan shahridan Toshkentga birinchi yuk poyezdi yoʻlga chiqdi

© Foto: Jenmin JibaoIz kitayskogo Uxanya v Tashkent otpravilsya pervыy gruzovoy poyezd
Iz kitayskogo Uxanya v Tashkent otpravilsya pervыy gruzovoy poyezd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Poyezdda umumiy ogʻirligi 600 tonnadan ortiq boʻlgan mollar oʻrin olgan.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. 28 iyul kuni Xitoyning Xubey provintsiyasining maʼmuriy markazi Uxan shahridan №75151 – sonli birinchi yuk poyezdi Toshkentga joʻnab ketdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Xitoyning yetakchi "Jenmin jibao" gazetasining elektron nashriga koʻra, poyezd Shinjon uygʻur avtonom rayoni Xorgos temir yoʻl postidan oʻtadi va 12 kun ichida oʻz manziliga yetib keladi.
Poyezdda umumiy ogʻirligi 600 tonnadan ortiq boʻlgan bolalar aravachalari, paxta tolasidan tayyorlangan iplar, poyabzal buyoqlari, maishiy texnika, konditsionerlar uchun butlovchi qismlar, mato va boshqa isteʼmol mollari oʻrin olgan.
"China Railway Modern Logistics Technology Co., Ltd" logistika kompaniyasi xodimining gazeta muxbiriga aytishicha, "Ushbu toʻgʻridan-toʻgʻri temir yoʻl loyihasining ishga tushirilishi Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida sanoat mollari almashinuvini oshishiga va, shubhasiz, trasport xarajatlari va tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq vaqtning qisqartirishiga xizmat qiladi".
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda "Xebey Gaoi-Xorgos-Toshkent" yoʻnalishi boʻyicha 50 ta vagondan iborat birinchi xalqaro yuk poyezdining qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala