Dunyoda

Afgʻon mudofaa vazirligi: harbiylar bir sutkada "Tolibon"ning 406 jangarisini yoʻq qildi

© AFP / WAKIL KOHSARVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.08.2021
Afgʻoniston Qurolli kuchlari operatsiyalarni 17ta provintsiyalarda, jumladan, Qandahor, Hirot va Gilmendeda oʻtkazishgan.
TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Afgʻon harbiylari oʻtgan sutkada "Tolibon" harakatining 406 jangarisini yoʻq qilishdi, deyiladi Afgʻoniston Mudofaa vazirligi xabarida.
"Afgʻoniston armiyasining harbiy operatsiyalari natijasida oʻtgan bir kun ichida "Tolibon"ning toʻrt yuz oltita terrorchisi yoʻq qilindi, yana 209 nafari yaralandi", - deb xabar qilinadi Afgʻoniston Mudofaa vazirligining Twitter ijtimoiy tarmogʻidagi xabarida.
Den goroda v Groznom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Dunyoda
Marshal Doʻstum Afgʻonistonga qaytdi
Afgʻoniston Qurolli kuchlari operatsiyalarni 17ta provintsiyalarda, jumladan, Qandahor, Hirot va Gilmendeda oʻtkazishgan.
1 maydan soʻng AQSH va NATO Afgʻoniston hududidan oʻz qoʻshinlarini chiqara boshlagach, Afgʻonistondagi vaziyat oʻtkir tus oldi. Bu jarayon 2020 yilda toliblar va AQSH vakillari oʻrtasida imzolangan tinchlik bitimi doirasida roʻy bermoqda.
Soʻnggi oylarda toliblar qishloq va chegaradosh hududlarda katta hududlarni egallab olishdi va yirik shaharlarga hujumga oʻtdilar.
* Rossiyada taʼqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala