Markaziy Osiyo prezidentlari yaxtada Kaspiy dengizini aylanishdi

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaPrezidenti stran Sentralnoy Azii progulyalis na yaxte po Kaspiyskomu moryu v xode vizita v Turkmenistan.
Prezidenti stran Sentralnoy Azii progulyalis na yaxte po Kaspiyskomu moryu v xode vizita v Turkmenistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Obuna bo‘lish
Dengiz bo‘ylab safari chog‘ida davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar va kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari Turkmanistonga tashriflari davomida Kaspiy dengizi bo‘ylab yaxtada sayohatga chiqdilar, deb xabar bermoqda "Turkmaniston Oltin asr" davlat sayti.
Xabarda aytilishicha, davlat yetakchilarini yaxtada sayr qilishga respublika rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov taklif etgan.
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Dengizdagi sayohatdan fotosuratlar Qozog‘iston prezidenti matbuot-kotibi Berik Uali tomonidan e’lon qilingan.
Qosim-Jomart Tokayevdan tashqari suratda Berdimuhammedovning o‘zi, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari - Sadir Japarov, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonlarni ko‘rish mumkin.
© Press-slujba prezidenta KazaxstanaPrezidenti stran Sentralnoy Azii progulyalis na yaxte po Kaspiyskomu moryu v xode vizita v Turkmenistan
Prezidenti stran Sentralnoy Azii progulyalis na yaxte po Kaspiyskomu moryu v xode vizita v Turkmenistan
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Prezidenti stran Sentralnoy Azii progulyalis na yaxte po Kaspiyskomu moryu v xode vizita v Turkmenistan
Sayohat davomida ular ilgariroq erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilganlar.
So‘ngra davlat rahbarlari avtobusda "Avaza" - ko‘pfunksiyali sport majmuasiga yo‘l olishgan. Yo‘l-yo‘lakay milliy sayyohlik zonasining tabiiy o‘ziga xosliklari va zamonaviy obyektlarni tomosha qilib borganlar.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
MO davlat rahbarlari sammitida nimalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Turkmaniston yetakchisi tomonidan odamlar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va faol turmush tarzini rag‘batlantirish, jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish, zamonaviy ixtisoslashtirilgan infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan strategiyaga yuqori baho berganlar.
Bugun Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ular savdo-iqtisodiy, energetika, transport-kommunikatsiya sohalaridagi mintaqaviy hamkorlik masalalarni, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish choralarini muhokama qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0