"Milliy tiklanish" partiyasi prezidentlikka nomzodni tavsiya etdi - OAV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLider partii "Milliy tiklanish" Alisher Kadirov
Lider partii Milliy tiklanish Alisher Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Obuna bo‘lish
"Milliy tiklanish" DP 2021-yilgi prezidentlik saylovida uchinchi bo‘lib o‘z nomzodini tavsiya qildi.
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidentlik saylovida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan partiya yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov nomzod sifatida qatnashadi.
Bu haqda 6-avgust, juma kuni "Milliy tiklanish" DP markaziy kengashining navbatdan tashqari pleniumida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda "Daryo".
Ma’lumot uchun, Alisher Qodirov 1975-yilda tug‘ilgan. 1996-yilda Egey universitetini (Turkiya), 2009-yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan) va 2011-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Lideri politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii SIK, posvashennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
2015 yildan beri deputatlik faoliyatini yuritayotgan Alisher Qodirov 2019-yilning may oyida partiya raisligiga saylangan. Unga qadar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida mehnat qilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, partiya yuqori organi uning nomzodini ma’qullashi, Respublikadagi jami saylovchilarning kamida 1 foizi nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonda 23-iyul kuni prezident saylov kampaniyasiga start berildi. Mazkur saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega.
Avvalroq O‘zbekiston prezidentlik saylovida Ekopartiya tomonidan partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgandi.
Prezident saylovi 24-oktabr kuni o‘tkaziladi. Saylovga jami 300 milliard so‘m, har bir nomzodga esa 3 milliard so‘mdan ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0