MO davlat rahbarlari sammitida nimalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Obuna bo‘lish
MO sammitida o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik qilish, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevy 5-avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi. Bu yerda O‘zbekiston prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi
Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
MO davlat rahbarlari uchrauvida oldingi kelishuvlar natijalari ko‘rib chiqiladi va Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik qilish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish va pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon etishi kutilmoqda.
Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Undan tashqari sammit doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va Iqtisodiy forum, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalari konserti ham o‘tkaziladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Shavkat Mirziyoyev pribil v Turkmenbashi
Eslatib o‘tamiz, MO davlat rahbarlari sammiti o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilk bor 2017-yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida bildirilgan edi. Taklif barcha MO davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan so‘ng birinchi sammit 2018-yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 2020-yilda Bishkekda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchinchi sammit pandemiya tufayli qoldirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0