O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston afg‘on chegarasi yaqinida nega mashq qilayotgani haqida

© Sputnik / Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbeksko-rossiyskie ucheniya v Termeze
Uzbeksko-rossiyskie ucheniya v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Obuna bo‘lish
RF, Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shinlarining Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi keng ko‘lamli harbiy manyovrlari "Tolibon"* va boshqa ekstremistik uyushmalarning MO mamlakatlariga terrorchilar faolligining oldini olishi bilan milliy xavfsizlik chaqiriqlariga to‘la mos keladi.
Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning tojik Xarb-Maydon poligonidagi mashg‘ulotlari 5-avgustda boshlandi va Afg‘oniston bilan chegarada umumiy terrorizmga qarshi frontni kengaytirdi va mustahkamladi. Manyovrlarga 2,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 500 ga yaqin harbiy texnika jalb qilingan. Rossiya guruhi asosan 201-baza bo‘linmalari, 1800 dan ortiq mutaxassislar va 420 donagacha harbiy texnikadan iborat.
Sal avval Tojikistonning Hisor aerodromiga Rossiya Markaziy harbiy okrugining Su-25 shturm samolyotlari, zarba va ko‘pnishonli Mi-24 va Mi-8 vertolotlari yetkazilgan edi.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Afg‘on mudofaa vazirligi: harbiylar bir sutkada "Tolibon"ning 406 jangarisini yo‘q qildi
Bir vaqtning o‘zida Rossiya va O‘zbekistonning spesnaz bo‘linmalari O‘zbekistondagi "Termez" tog‘ poligonida shartli dushmanning orqasida diversion harakatlarni mashq qilishmoqda. Rossiya va O‘zbekistonning ehtimoliy tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma mashqlari 2-avgustdan boshlangan.
Afg‘oniston bilan chegaradagi manyovrlarda Saratov viloyatidagi operativ aerodromga ko‘chib o‘tgan Rossiya Havo-kosmik kuchlarining uzoq masofaga uchadigan to‘rtta Tu-22M3 raketa tashuvchi bombardimonchilari ishtirok etmoqda. Piyoda qo‘shinlari guruhi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun Tu-22M3 ekipajlari Termiz poligoniga parvozni amalga oshirib, shartli jangarilar lagerlari va o‘q-dorilar omborlari bo‘ylab bomba zarbalarini amalga oshiradilar. Rossiya bombardimonchilarini pana qilish ishlarini O‘zbek armiyasining MiG-29 qiruvchilari bajaradi.
Uch tomonlama manyovrlar davomida milliy armiyaning Janubiy strategik yo‘nalishda jangovar harakatlarni olib borishga doir umumiy yondashuvlari ishlab chiqilmoqda. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari oldiga kelishi hamda O‘zbekistondagi Termez poligonida Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovning bo‘lib turishi Qo‘shma mashg‘ulotlar qanchalik ahamiyatliligini urg‘ulamoqda.

Tezkor maydon

Qo‘shni Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat o‘ta og‘ir, keskin va oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada qolmoqda. Toliblar o‘nlab provinsiyalarda janglar olib borishmoqda, mamlakatning qonuniy prezidenti Ashraf G‘aniga o‘lim bilan tahdid qilishmoqda.
Qobulda 3-avgust kuni jangarilar Mudofaa vaziri Bismilloh Xon Muhammadiyning uyiga o‘ta dadillik bilan hujum qilishdi. Xonadonda shuningdek, kichik Ahmad-Mas’ud bo‘lganligi aytilmoqda. Ushbu hujumdan maqsad Afg‘oniston qahramonining o‘g‘li bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
"Tolibon * deyarli beshta qo‘shni davlat - Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Pokiston bilan chegarani to‘liq nazorat qilmoqda. Va u yirik shaharlar orasidagi transport yo‘llarini egallab olishni ko‘zlagan.
Afganskie bejensi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
"Bu boshlanishi": yuz minglab afg‘on qochqinlari toliblar hujumi va AQSh bombardimoni oqibatidir
Qobul toliblar tomonidan tomonidan tinch aholining ommaviy qirg‘in qilinishini tekshirish va "gumanitar falokatning oldini olish" uchun BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishga chaqirmoqda. Bu chaqiriqqa zudlik bilan munosabat bildirilgan emas, BMTning tinchlikparvar instrumentlari afg‘on tuprog‘ida befoydadir.
Avvalroq, AQSh Davlat departamenti agar toliblar Afg‘oniston hukumatini kuch bilan egallashga urinsa, harakat xalqaro miqyosda tan olinmasligi, va sanksiyalar bekor qilinishiga erisha olmasligi bilan tahdid qilgan edi. Qobuldagi AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari "Tolibon"*ni Qandahor provinsiyasida 100 dan ortiq tinch aholini o‘ldirganlikda aybladilar: "Tolibon rahbariyati jinoyatlar uchun javobgar bo‘lishi kerak... Agar siz o‘z jangarilaringizni hozir nazorat qila olmas ekansiz, u holda keyinchalik ham boshqaruvda qiladigan ishingiz yo‘q". Bahslardagi keyingi dalillar qanaqaligi esa hech kimga sirmas.
Pentagon AQSh 2020-yil fevral oyida tinchlik bitimini imzolagan ekstremistlarni bombardimon qilishni davom ettirmoqda. "Tolibon"*ning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini harbiy-diniy harakat AQSh va "Tolibon"* vakillari tomonidan 2020-yil fevral oyida imzolangan Doha kelishuvi shartlarini qay tarzda beparvolik bilan bajarayotganiga qarab baholash mumkin. Bu bitim 14 oy ichida Afg‘onistondan qo‘shinlar chiqarilishi va afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.
Qamoqdan ozod qilingan jangarilar o‘z majburiyatlarini buzgan holda tezlikda qo‘lga qurol olishmoqda. Cheksiz urush davom etapti. NATO xayriya mablag‘larini yig‘moqda - o‘z samaradorligini shiddat bilan yo‘qotayotgan AIR mudofaa va xavfsizlik kuchlariga 70 million dollarga yaqin xayriya qilish rejalashtirilgan.
Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlarining jangovar hozirligi AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilishidan oldin sezilarli darajada pasaygan - samolyotlarning katta qismi iyun oyida ishdan chiqqan edi.
Jumladan, A-29 Super Tucano (Braziliyada ishlab chiqarilgan) yengil shturmovik zarba operatsiyalarining asosiy "ishchi oti" sanaladi, ammo texnik xizmat ko‘rsatish muammolari bu tipdagi samolyotlar parkining hozirligini 63%ga pasaytirdi, UH-60 Black Hawk ko‘pnishonli vertolotlar parkining hozirligi esa 39%gacha tushib ketdi.

Turli yo‘nalishlarga qaratilgan kuchlar

Turkiyaning Qobul aeroportini himoya qilish tashabbusi sezilarli darajada shataksirab qoldi. Ammo Anqara qabul qilishga tayyor bo‘lmagan afg‘on qochqinlari oqimi kuchaymoqda. Axir Turkiyaga sal avval o‘z mamlakatini tashlab qochgan 3,7 million suriyaliklar muammosi ham yetib ortadi-da.
O‘z navbatida, Berlinni ham: "Yevropaga qarab yo‘l olgan o‘n minglab yangi afg‘on qochqinlarini nima qilsam ekan?", degan masala jiddiy o‘yga solib qo‘ydi. Afg‘oniston Islom Respublikasidagi vaziyatning keskin yomonlashishi optimizm uchun deyarli joy qoldirmayapti. AQSh va NATO Afg‘onistonda mamlakatni yangi fuqarolar urushi xaosidan saqlay oladigan bitta ham ishlaydigan mexanizmni qoldirmaganlar.
Sovmestnie ucheniya Vostok–2019 voyennoslujashix Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Afg‘oniston chegaralarida uchoqlama manyovrlar: ular qanday maqsadda o‘tkazilmoqda
Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar 3-avgust kuni rasmiy Qobul toliblar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi: "Biz ularni hukumatga olishga, ular bilan tinchlik o‘rnatishga va ular bilan hokimiyatni bo‘lishishga tayyormiz ... Bizning hukumat "Tolibon"ni terrorizmni qo‘llab -quvvatlashni to‘xtatgan taqdirdagina, ularni o‘zining bir qismi sifatida qabul qilishga tayyor".
Tolibonning o‘zi hokimiyatni "milliy xoinlar" bilan bo‘lishishga tayyor emas va ular bu haqda ochiqchasiga aytishmoqda. Toliblar vaziyatni normallashtirish uchun birorta real qadam tashlamadi va murosaga moyil emas. "Siyosiy ofis"ning - giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish va qo‘shni davlatlarga tahdid qilmaslik haqidagi va’dalari - juda arzon ko‘rinayotir.
Afg‘onistonda yaxshi xabarlar ham bor. Marshal Abdul Rashid Do‘stum 5-avgustda Turkiyada davolanishdan so‘ng Mozori Sharifga qaytdi. Do‘stum o‘z tug‘ilgan vatani Juzjonda bundan keyin ham mamlakatning shimoliy boshqa viloyatlarida "Tolibon"*ga qarshi operatsiyalarni boshqarishni davom ettirish niyatida. Afg‘onlarning aksariyati marshalning qaytishi xavfsizlikni yaxshilaydi, deya umid bildirishmoqda.
Den goroda v Groznom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
Marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 5-avgust kuni eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Raisiy AIRning qonuniy hukumatini va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish rejasini qo‘llab -quvvatlashga va’da berdi.
Xuddi shu kuni RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu yerda Moskva va Toshkent o‘rtasidagi harbiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, armiya generali Gerasimov Afg‘oniston bilan chegara yaqinida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-O‘zbekiston harbiy o‘quv-mashqlari borishini kuzatadi.
Xitoyning Global Times nashri Rossiya va Xitoy birgalikda ekstremistlarga qarshi turish, AQSh tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo barqarorligiga tahdid soladigan xaosga qarshi kurashish niyatida ekanligini qayd etadi. XXR shimoli-g‘arbidagi Sintunsya poligonida 9-13 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma mashg‘ulotlar shunga bag‘ishlangan.
* – RFda ta’qiqlangan terroristik uyushma.
Yangiliklar lentasi
0