Sport

Oʻzbekistonda 67ta maktabda ot sporti rivojlantiriladi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыy konnыy turnir
Mejdunarodnыy konnыy turnir  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.08.2021
Oʻzbekistonda ot sportini rivojlantirish, ushbu sohaga kerakli kadrlar tayyorlash hamda naslli va zotdor otlarni parvarishlashga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.
TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi 67 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ot sporti boʻyicha boʻlimlar ochiladi. Bu haqida prezidentning yangi qarorida aytib oʻtilgan.
Hujjatga koʻra 2021–2025 yillarda 67 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida ot sporti turlari, shu jumladan zamonaviy beshkurash boʻyicha 52 ta, polo boʻyicha 15 ta boʻlim tashkil etiladi.
Naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta yilqichilik xoʻjaliklari tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu sohaga kerakli kadrlar tayyorlash va kadrlarni ragʻbatlantirish maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan:
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zootexniklarini tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi;
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallarida ot sporti boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishining maxsus sirtqi taʼlim shakli ochiladi.
ot sporti boʻyicha mehnatni ragʻbatlantirishda usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshligʻi (brigadir) – trenerga, veterinar-shifokor – shifokorga, zootexnik va feldsher-veterinar – hamshiraga tenglashtiriladi.
2022 yil 1 sentyabrgacha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 oʻrinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport maneji barpo etiladi.
Undan tashqari 2021 yilning 1 sentyabrdan boshlab har yili ot yoʻrttirish turi boʻyicha Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlari tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda prezidentning 3057-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Ot sporti federatsiyasi tashkil qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq Ot sporti federatsiyasi buyon zotdor va xizmat otlarnin yetishtirish va selektsiya qilish bilan ham shugʻullanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala