Coca-Cola Uzbekistan davlat ulushi 252,2 mln dollarga Turkiya kompaniyasiga sotildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishProduksiya zavoda Coca-Cola
Produksiya zavoda Coca-Cola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd ustav kapitalidagi 57,118 foiz davlat ulushi Coca-Cola İçecyek A.Ş. kompaniyalar guruhiga sotildi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston (CCBU) ustav kapitalidagi 57,118% davlat ulushini Coca-Cola İçecyek A.Ş." (CCI, Turkiya) kompaniyalar guruhiga, unga to‘liqligicha qarashli bo‘lgan CCI International Holland B.V. sho‘’ba korxonasi orqali 252,28 million dollarga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Bitim Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ma’qullangan. Bitimni yakunlash jarayoni tartibga soluvchi organlar tomonidan beriladigan muayan ruxsatlar olinishini talab qiladi.
Mazkur bitim xalqaro amaliyotda qabul qilingan va O‘zbekiston qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi farmoniga asosan ommaviy oshkora sotuv jarayoni shaklida tashkil etildi.
Izobrajenie Coca-Cola na odnom iz torgovix sentrov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2020
Coca-cola zavodi xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Davlat ulushining mazkur sotuv jarayoni Rothschild & Co agentlikning moliyaviy maslahatchisi, Dentons esa yuridik maslahatchisi sifatidagi ishtirokida amalga oshirildi.
Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MChJ — O‘zbekistonda gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya bo‘lib, u Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida ishlab chiqarish zavodlariga, shuningdek, omborxonalar tarmog‘iga ega. 2020-yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning sof foydasi 205 milliard so‘mni tashkil etgan.
Coca-Cola İçecek esa Coca-Cola tuzilmasidagi yirik korxonalardan hisoblanadi. Uning asosiy egalariAnadolu Efes va The Coca-Cola Company.
Yangiliklar lentasi
0