Jamiyat

Jamoat xavfsizligi universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi

© Upravleniye koordinatsii obespecheniya bezopasnogo turizma MVDTuristicheskaya politsiya Uzbekistana testiruyet novuyu formu
Turisticheskaya politsiya Uzbekistana testiruyet novuyu formu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.08.2021
Universitetga oʻqishga faqat Oʻzbekiston fuqarolari qabul qilinadi. Arizalar har yili 1 fevraldan 20 martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida maʼlum qilindi.
Nizomga koʻra, universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga nomzodlarni kursantlar safiga qabul qilish harbiy-professional yoʻnalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari bosqichlarida amalga oshiriladi.
Universitetga oʻqishga faqat Oʻzbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Universitetga kirish istagini bildirgan:
fuqarolar taʼlim yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda oʻzlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga yoki Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlimlariga ariza bilan;
harbiy xizmatchilar (xodimlar) oʻzlari xizmat oʻtayotgan harbiy qismga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Arizalar har yili 1 fevraldan 20 martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga oʻqishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (toʻliq davlat taxminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Universitet bitiruvchilariga tegishli namunadagi diplom va harbiy tayyorgarlikdan oʻtganlarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.
Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlari, qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Pamyatnik osnovopolojniku voyenno-polevoy xirurgii Nikolayu Ivanovichu Pirogovu v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Jamiyat
Toshkentda Rossiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi
Shuningdek, universitet magistraturasiga 5 yil va undan koʻp mehnat stajiga ega boʻlgan, kamida “mayor” ofitser lavozimlarida xizmat oʻtayotgan, oʻqishga qabul yilining 31 dekabrigacha 45 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi.
Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul taʼminoti oʻqish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Universitetning “Yoʻl-patrul xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”, “Patrul-post xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimini huquqiy taʼminlash” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha nomzodlar bilan dastlabki saralab olish tadbirlari Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala