O‘zbekiston afg‘on chegarasi yaqinidagi mashg‘ulotlarda Rossiya dronlarini qo‘lladi - OAV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBespilotnie letatelnie apparati Zala 421-16EM
Bespilotnie letatelnie apparati Zala 421-16EM - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston chegarasida yaqinida bo‘lib o‘tgan qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida Rossiya dronlaridan foydalangan holda havo razvedkasini bajargan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli kuchlari Afg‘oniston chegarasida yaqinida bo‘lib o‘tgan Rossiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida Rossiya dronlaridan foydalangan holda havo razvedkasini bajardi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
“O‘zbekiston IIV xodimlari va harbiylari bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda ilgari eksport shartnomasiga binoan yetkazib berilgan Rossiyaning ZALA 421-16E uchuvchisiz uchar qurilmalaridan foydalandi. Ushbu qurilmalar optik havo razvedkasi uchun qo‘llaniladi”, - degan agentlik suhbatdoshi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston kuch ishlatar tuzilmalari va harbiylarining yuqori texnologiyalarga asoslangan dronlardan foydalanishni o‘rganishni boshlaganlari razvedka va vaziyat monitoringini olib borishning yangi sifatini ta’minlaydi. Shuningdek, noqonuniy qurolli tuzilmalarga qarshi kurashda yordam beradi.
Manba bu dronlar qaror qabul qilish vaqtini qisqartirib, olingan ma’lumotlarga bortning o‘zida ishlab berishga imkon berishini qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, kecha, 6-avgust kuni, “Termiz” dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Rossiya Qurolli kuchlari hamkorligidagi "Janub-2021" o‘zbek-rus qo‘shma o‘quvining asosiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan.
Voyennie Uzbekistana i RF provodat svobodnoe vremya v ramkax ucheniy na poligone Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Rossiyalik harbiylar o‘zbekona mehmondo‘stlikidan hayratga tushishdi – video
O‘quv rejasiga ko‘ra, davlat chegarasini buzib kirib, keyinchalik hududning aholi yashash punktlaridan biriga joylashib olgan bir guruh noqonuniy qurollangan shartli dushman haqida uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida razvedka ma’lumotlari olingan.
Yangiliklar lentasi
0