O‘zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti saylovida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etadi. Bu O‘zLiDeP markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’lum qilindi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston prezidenti etib saylangan edi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23-iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Saylov 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova nomzodlari ilgari surilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0