Ozodbek Nazarbekov “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini qabul qilib oldi

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaMinistr kulturi Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov
Ministr kulturi Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
Vazir o‘zbek xalqi singari mehribon, bag‘rikeng turkman elining ehtiromiga sazovor bo‘lish u uchun katta baxt, yuksak e’tirof va ulkan mas’uliyat ekanini ta’kidlagan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmaniston Oliy Majlisi raisi Gulshat Mammedova qo‘lidan “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini qabul qilib oldi. Bu haqda vazirning o‘zi telegramdagi kanalida ma’lum qildi.
Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov o‘tgan yil iyun oyida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist – sharafli unvonini berish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi.
“O‘zbek xalqining ijodkor bir farzandi bunday e’tirofga munosib ko‘rilishi ikki qardosh davlatning do‘stona munosabati, ikki millat o‘rtasida insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash, o‘zaro muhabbat va e’tiborning yuksak ko‘rinishi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Kamtarona ijodimizni yuksak baholab, taqdim etilgan mazkur unvonni nafaqat menga, balki butun o‘zbek xalqiga hamda san’atiga bo‘lgan Turmaniston Prezidentining, xalqining mehri va hurmati deb qabul qilaman”, - deya yozadi Nazarbekov.
Vazir ushbu e’tirof uchun, avvalo, Turkmaniston prezidentiga, shu orqali butun turkman xalqiga chuqur minnatdorligini bildirgan.
© Telegram / ozodbek_axmadovichMinistru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu prisvoyeno zvanie "Zaslujenniy artist Turkmenistana"
Ministru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu prisvoyeno zvanie Zaslujenniy artist Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Ministru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu prisvoyeno zvanie "Zaslujenniy artist Turkmenistana"
Yangiliklar lentasi
0