Dunyoda

Qozogʻistonda qurgʻoqchilikdan uch milliondan ziyod chorva nobud boʻlishi mumkin

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishKorova
Korova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.08.2021
Jazira quyosh nurlaridan koʻllar qurib qolgan, oʻt-oʻlanlar qovjirab qolgan. Balatopar qishlogʻida uy hayvonlari ochlikdan azobli oʻlim topmoqda.
TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Qozogʻistonda uch milliondan ziyod uy hayvonlari nobud, ikki milliondan ziyod kishi esa oʻz daromadini yoʻqotishi mumkin. Bu haqda mamlakat milliy chorvachilik assotsiatsiyasi maʼlum qildi.
“Yevraziya” birinchi kanal xabariga koʻra, qurgʻoqchilik Balqash koʻli yaqinidagi qishloqlargacha yetib borgan.
Jazira quyosh nurlaridan koʻllar qurib qolgan, oʻt-oʻlanlar qovjirab qolgan. Balatopar qishlogʻida uy hayvonlari ochlikdan azobli oʻlim topmoqda.
Chorvadorlar va ekologlar bunda nafaqat anomal jazirama, balki befarq amaldorlarni ayblashmoqda.
Mamlakat milliy chorvachilik assotsiatsiyasi raisi Almasbek Sadirbekovning taʼkidlashicha, 30 foiz bosh chorva allaqachon yoʻqotilgan.
Taʼkidlanishicha, mamlakat Qishloq xoʻjaligi muammoni hal etish guruhini tuzib, ozuqa tayyorlash shtabini yiqqan. Yevropa ittifoqi Qozogʻistonga fermerlarga gumanitar yordam sifatida 100 million tenge ajratgan.
Turistы na verblyudax v pustыne v Dunxuane, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2020
Markaziy Osiyo hayotsiz choʻlga aylanishi mumkin - tadqiqot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala