So‘x tumaniga sel keldi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Mediabankka o‘tishPosledstviya sxoda selevogo potoka
Posledstviya sxoda selevogo potoka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
Sel o‘tishi oqibatida So‘x tumani hududidan o‘tuvchi “So‘x-Rishton” avtoyo‘lining 80 metr qismiga loy aralash shag‘alga to‘lgan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga sel keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sel 6-avgust kuni soat 17:05 larda Qirg‘izistonning Botkent viloyati Qadamjoy tumani tog‘ va adir hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kelgan. So‘x tumani “Navobod” MFY hududidagi “Malbut”, “Devayron-Umbara”, “Qalacha”, “Tul” va “Poloxona” sel yo‘llaridan 30 m3. miqdoridagi sel oqimlari o‘tgan.
Sel o‘tishi oqibatida So‘x tumani hududidan o‘tuvchi “So‘x-Rishton” avtoyo‘lining 80 metr qismiga loy aralash shag‘alga to‘lgan. Malbut qishlog‘i xo‘jalik ekin maydonlariga hamda “Umbara” (15 ta xonadon) va “Devayron” MFY (25 ta xonadon) hududlaridagi jami 40 ta xo‘jalik tomorqalari, qo‘shimcha bino va uylarning yerto‘lalariga suv kirgan.
Likvlidatsiya posledstviy podtopleniya v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Namangan viloyatida sel oqibatlari bartaraf etilmoqda
Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tuman hokimiyatida FVB, IIB, prokuratura organlari, SSB rahbariyati tarkibidan iborat tezkor shtab tashkil etilib, sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.
Xabarda sel toshqinlari oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘qligi qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0