XDP prezident saylovida Maqsuda Vorisova nomzodini ilgari suradi

© Mejdunarodniy press-klubSenator Maksuda Vorisova
Senator Maksuda Vorisova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
Bu yilgi prezident saylovida Maqsuda Vorisova davlat rahbari lavozimi uchun kurash olib boradi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya prezident saylovi uchun o‘z nomzodini e’lon qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yildagi prezident saylovida nomzod etib partiya markaziy kengashi raisining o‘rinbosari, Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mita raisining o‘rinbosari Maqsuda Vorisova tavsiya etilgan. So‘zga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan ma’qulladi.
Endi uning nomzodi partiya qurultoyi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezident saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov nomzodlari ilgari surilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0