Yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni oshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
Ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Prezident farmoni bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi. Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.
2021 yilda yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga ko‘paytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Jahon banki O‘zbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi
Shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi.
Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlang‘ich badal uchun subsidiyaning eng ko‘p miqdori 28 mln so‘mdan 31 mln 500 ming so‘mga ko‘paytirildi.
Yangiliklar lentasi
0