Migratsiya

Moskvada migrantlar ustidan tekshiruv boshlanmoqda - sabablar

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Rossiyada politsiyachilar taksichilar va chet elliklar eng koʻp istiqomat qiluvchi hududlarda reyd oʻtkazishni rejalashtirmoqda
TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Moskva va Moskva viloyatida migrantlarga qarshi muddatsiz tekshiruvlar start olmoqda. Nazorat Rossiya ichki ishlar vazirligi va Rosgvardiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Jumladan, 14 avgustdan Rossiya poytaxti va Podmoskovyeda "Taksichi" reydi boshlanmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Moskva taksi xizmatida ishlovchi mehnat migrantlarini tekshiradilar. Haydovchilar yoʻlovchilarni KIS "ART" tizimi nazorati ostida tashiydilar.
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Migratsiya
Rossiyada ommaviy mushtlashuv yuz berdi: oʻzbekistonlik migrantlar ishtiroki oʻrganilmoqda
Taksichilarni raqamli identifikatsiya qilish oldidan YXXB xodimlari kuchaytirilgan tekshiruvni amalga oshirishi aytilmoqda.
Shuningdek, reyd davomida "Aqlli shahar" texnologiyasidan foydalaniladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari shu tarzda "ART" tizimiga ulanmagan va hisobda turmaydigan taksichilarni aniqlash va ularga nisbatan chora qoʻllashni rejalashtirgan.
Ikkinchi - "Muhojir" deb nomlangan tekshiruv Rossiyada chet el fuqarolari eng koʻp yashaydigan hududlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bu reydlar migrantlar oʻrtasida tez-tez roʻy berayotgan ommaviy mushtlashuvlar sabab boʻlgan. RF Ichki ishlar vazirligining yaqinda taqdim etgan hisobotiga koʻra, 2021 yil boshidan chet el fuqarolari orasida jinoyatchilik darajasi 5%ga oshgan. Shu bilan bir qatorda qonunbuzarlik faolligi oshishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala