Siyosat

Oʻzbekistonliklar dunyoning istalgan nuqtasidan ovoz berishlari mumkin - MSK

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishPodgotovka k prezidentskim vыboram v Uzbekistane
Podgotovka k prezidentskim vыboram v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Chet eldagi Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyat qismi Rossiya Federatsiyasida boʻlganligi tufayli, RFda ovoz berish uchun koʻchma qutilar tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda
TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Oʻzbekistondagi prezident saylovlarida chet el davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday oʻtishi haqida Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Sherzodxon Qudratxoʻjayev maʼlumot berdi.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
MSK vakilining taʼkidiga koʻra, bugungi kunda millionlab insonlar respublika tashqarisida, shu bois, Markaziy saylov komissiyasi har bir saylovchigacha yetib borish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Chet elda boʻlib turgan fuqarolarimiz - bu alohida masala. Bundaylar soni bugun millionlarda oʻlchanadi. Va biz chet eldagi odamlarimiz oʻzlarini Oʻzbekiston fuqarosi sifatida his etishlari va oʻz xohish-istaklarini koʻrsatishlari uchun barcha choralarni koʻramiz

Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Sherzodxon Qudratxoʻjayev

Shu vaqtga qadar chet elda faqatgina konsullik roʻyxatida turgan fuqarolargina ovoz berish huquqiga ega boʻlgan boʻlsalar, endilikda tegishli qonunchilik hujjatiga oʻzgartirishlar kiritilgan.
Unga muvofiq, Oʻzbekiston fuqarolari qaysi davlatda boʻlib turganliklaridan qatʼi nazar, u yoki bu davlatda tashkil etiladigan ovoz berish uchastkalarida ovoz berish huquqiga ega. Ular oʻzlari bilan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasportni olishsa yetarli.
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix vыborov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Siyosat
Mashhur "galochka" va bayroq ranglari: MSK prezident saylovlari logotipini taqdim etdi
Shuningdek, u yoki bu sababga koʻra, saylov kuni Oʻzbekistonda boʻlmaydigan fuqarolar ham muddatdan oldin ovoz berish huquqiga ega boʻladi. Buning uchun ular Tashqi ishlar vazirligi saytida saylovga 15 kun qolgan muddatda ariza qoldirishlari kerak boʻladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyat qismi Rossiya Federatsiyasida ekanligini inobatga olib, MSK bu davlatda ovoz berish uchun koʻchma qutilarni tashkil etishni rejalashtirgan.
Oʻzbekistonda prezident saylovlari joriy yilning 24 oktyabr sanasiga belgilangan. Saylov kampaniyasiga 23 iyul kuni start berilgan edi. Roʻyxatdan oʻtgan barcha partiyalar davlat rahbari lavozimiga oʻz nomzodlarini ilgari surishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala