O‘zbekistonliklar Tokiodan qaytayotgan olimpiadachilarni qarshi olishlari mumkin

© Press-slujba NOK UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po boksu razmestilas v Olimpiyskoy derevne
Sbornaya Uzbekistana po boksu razmestilas v Olimpiyskoy derevne - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2021
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tokio-2020 natijalariga ko‘ra 3 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdik.
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. 9 avgust kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanga qaytib keladi.
"Delegatsiyamiz yetib kelgach, Olimpiyachilarimiz 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon “Bobur”, “Nukus”, “Oybek”, “Sh.Rashidov”, “I.Karimov” ko‘chalari va A.Temur xiyoboni bo‘ylab ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishadi", - deyiladi Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy xabarida.
Baxodir Djalolov prazdnuyet pobedu nad Richardom Torresom iz SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2021
Bahodir Jalolov O‘zbekistonga yana bir oltin medalni olib berdi
Qo‘mita barcha o‘zbekistonliklarni, o‘zbek sporti ixlosmandlarini O‘zbekistonning chinakam qahramonlarini qarshi olishga, ularning unutilmas lahzalarida birga bo‘lishga chorlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tokio-2020 natijalariga ko‘ra 3 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
️O‘zbekiston medallar bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rin; ️Turkiy mamlakatlar orasida 1-o‘rin; MDHda 2-o‘rin; ️Islom mamlakatlari orasida 2-o‘rin; ️Osiyo mamlakatlari ichida 5-o‘rinni, butun dunyo bo‘yicha esa 32-o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0