Analitika

Rossiyaning yangi gipertovushli raketasi: X-95 haqida maʼlumotlar

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishPusk novoy protivoraketы sistemы PRO na poligone Sarы-Shagan
Pusk novoy protivoraketы sistemы PRO na poligone Sarы-Shagan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Rossiya yuqori texnologiyali qurol-aslahalarni yaratish va ishlab chiqarishda Gʻarbni ancha ortda qoldirdi. Olis masofaga uchadigan X-95 gipertovushli aviatsiya raketasi texnologik va harbiy ustuvorlikning yana bir salmoqli dalilidir.
Avgust oyining boshlarida RF Qurolli Kuchlari bosh shtabi harbiy akademiyasi rahbari Vladimir Zarudnitskiy RF Mudofaa vazirligining "Voyennaya mыsl" jurnalida eng yangi X-95 gipertovushli raketani "maxfiylikdan chiqargan edi". Harbiy rahbarning maqolasi zarba va qiruvchi aviatsiyani qoʻllash orqali havo-kosmik sohasida erishiladigan hukmronlikka bagʻishlangan edi.
Tochno v tsel: v Rossii uspeshno proshli ispыtaniya raketы S-500 Prometey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Video
Rossiya S-500 “Prometey” raketasini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi
Bunda yuqori aniqlikka ega uzoq masofaga uchadigan aviatsiya raketalari, ayniqsa, gipertovushli raketalar hal qiluvchi rol oʻynaydi. Modomiki X-95 raketasi haqida bunday darajada gapirila boshlashgan ekan, u holda, bu uning tayyor boʻlganidan darak beradi.
Katta masofaga uchadigan, yuqori aniqlikka ega X-95 gipertovushli raketasi Tu-22M3M va Tu-160M ​​bombardimonchilarining jangovar imkoniyatlarini, shuningdek istiqbolli uzoq masofali aviatsiya majmuasi (PAK DA) uchun moʻljallangan. RIA Novosti manbasiga koʻra, X-95 mahsulotining tajriba namunalari allaqachon havo tashuvchisida sinovdan oʻtgan.
Yangi aviatsiya raketasining texnik xarakteristikalari keltirilmagan, ammo shu narsa maʼlumki, gipertovushli X-47M "Kinjal" raketasi 12 Maxgacha boʻlgan tezlikka va 2000 kmdan ortiq parvoz masofasiga ega.
Samoxodnaya puskovaya ustanovka 9P78-1 Iskander-M vo vremya demonstratsii xodovыx i ognevыx vozmojnostey na poligone Alabino v ramkax Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Kolumnistlar
NATO uchun "taʼqiq zonasi": Rossiya "Iskanderlari" yangi raketalarga ega boʻldi
Taxmin qilish mumkinki, eng yangi X-95 yanada tezroq, uzoqroq uchadi va hatto 5000 km ham u uchun chegara boʻlmaydi. RF Mudofaa vazirligining aviatsiya bazasidagi gipertovushli qurollarga qoʻyadigan asosiy talablaridan biri - bu uchish chizigʻidan kamida 5500 km masofada dushman strategik obʼyektlarini yoʻq qilish qobiliyatidir. HKK samolyotlari F-22 qiruvchi-tutuvchi va havodan hujum tizimlari, hamda raketalarga qarshi mudofaa tizimlari harakatlari zonasidan tashqarida qolishi muhim. Oʻylaymanki, oʻrta masofaga uchadigan istiqbolli raketalar general Zarudnitskiy uchun unchalik qiziq boʻlmas edi.
Bugungi kunda Tu-160 va Tu-95MS Uzoq aviatsiya samolyotlari zamonaviy X-101 (X-102 termoyadroviy boyegolovkali) qanotli raketalari bilan qurollangan va ular 5500 km masofaga ucha oladi (https://sputnik.by/20191129/Rossiya-vozobnovila-proizvodstvo-strategicheskikh-raketonostsev-Tu-160M-1043337405.html).
Oʻxshashi dunyoda yoʻq, shunday boʻlsa-da, kam koʻrinuvchan X-101 ehtimoliy dushmanning raketalarga qarshi mudofaa vositalari tomonidan tutib olinishi mumkin. Gipertovushli raketalarni esa barcha mavjud va istiqboldagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va raketalar hujumiga qarshi tizimlar deyarli nishonga ololmaydi.
Yuqori texnologiyaga ega dushman bilan ehtimoliy jangda olis masofaga uchuvchi X-95 raketasi gʻalabaning muhim omili boʻloladi.

Optimistik trayektoriya

Strategik tashuvchi moslamalar bilan eng yangi X-95 gipertovushli raketalari uchun hech qanday muammo boʻlmaydi. Hattoki "boqiy" Tu-95MSni hisobga olmaganda ham, bugungi kunda Rossiya harbiy-kosmik kuchlari safida 16 ta Tu-160 raketa tashuvchisi bor. Asta-sekin "Oq oqqushlar" Tu-160M ​​darajasigacha modernizatsiya qilinib, ikkinchi seriyali NK-32 dvigatellari bilan qayta jihozlanmoqda va bu ularga soatiga 2200 km tezlikka erishishga imkon beradi.
Ellikka yaqin yangilangan Tu-160Mlarni Qozon aviazavodida qurish rejalashtirilgan. Istiqbolli uzoq masofali aviatsiya majmuasining sariyali ishlab chiqarilishi 2028-2019 yillarga moʻljallangan.
Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2020
Dunyoda
Putin Rossiya nega gipertovushli qurol yaratishga majbur boʻlganini aytdi
RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu sal avval gipertovushli majmualarni noyadroviy tiyib turish kuchining asosi deb atagan edi. Fevral oyida Rossiyada beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlari uchun yangi gipertovushli "Gremlin" raketasi yaratgani haqida maʼlumot paydo boʻldi ("Gremlin" sinovlari 2023 yilga rejalashtirilgan). Rossiya gipertovushli raketalarining soni va sifati har doim tashqi tahdidlarga mos boʻladi.
Rossiyaning gipertovushli quroli – "Avangard" (strategik maqsaddagi raketa qoʻshinlari) majmualari, "Kinjal" (HKK) va "Tsirkon" raketalari (HDF) – ishchi holatda boʻlib, Pentagon va NATOdagi eng qaynoq boshlarni samarali sovutib turibdi.
Dengizda joylashadigan "Tsirkon" gipertovushli raketalari davlat sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlab, tez orada 22350 loyihasining qurol-aslahalari, eng yangi koʻp nishonli 885M loyihasining "Yasen-M" submarinalari va modernizatsiyalangan raketa kreyseri - "Admiral Naximov" safiga qabul qilinadi.
Rossiya gipertovushli qurollarni yaratish va ishlab chiqarish sohasida yetakchidir. 2019 yildan beri faqat Xitoy shunga oʻxshash qurolga ega - DF-17 oʻrta masofali raketasi (2500 km gacha) tezlikni 10 Maxgacha oshirishga qodir.
Shu sababli, eng soʻnggi X-95 haqidagi maʼlumotlar koʻplab mamlakatlarda shov-shuvga sabab boʻldi. Mana shu fonda Pentagon Kongressdan Rossiya gipertovushli qurollaridan kelayotgan tahdidga qarshi turish uchun qoʻshimcha mablagʻ talab qildi. Koʻrinib turibdiki, endi 740 milliard dollarlik harbiy byudjet ham gipertovushli tezlikka erishish uchun kamlik qilyapti. Vashington aylanma yoʻllarni izlamoqda, gipertovushli qurollarni xalqaro konventsiyalar bilan taqiqlashni taklif qilib, kreativ manyovrlarni ishga solmoqda.

"Sheriklar" yeta olmaydi

Har yili milliardlab dollarlarni qurol-yarogʻga sarflashiga qaramay, AQSH gipertovushli texnologiyalar poygasida Rossiyaga yeta olmaydi.
Yaqinda boʻlib oʻtgan AGM-183A Air-Launched Rapid Response Weapon aviatsiya raketasi prototipini sinovdan oʻtkazish paytida, mahsulot Janubiy Kaliforniya qirgʻoqlarida bombardimonchidan ajraldi, lekin reaktiv tyaga yoqilmadi. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, puskdan soʻng darhol reaktiv dvigatel yonib ketgan va "raketa nishonga tega olmagan".
Gipertovushli prototipning muvaffaqiyatsiz sinovi sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzilgan. Ushbu turdagi avariyalar (raketa yoqilgʻisining butun hajmi detonatsiyasi) tashuvchiga jiddiy tahdid soladi va AGM-183A bilan bogʻliq holatda esa gap B-52H Stratofortress bombardimonchisi haqida borgan edi.
Muvaffaqiyatsiz sinovlar seriyasi bugun harbiy-havo kuchlarining yagona loyihasi boʻlgan - ARRWning butunboshli gipertovushli loyihasini xavf ostiga qoʻymoqda.
Pervыy zapusk giperzvukovoy raketы Tsirkon s fregata Admiral Gorshkov v Belom more po morskoy tseli v Barentsevom more. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2020
Dunyoda
Rossiya “Tsirkon” gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi
AQSH HHKning qurollanish dasturi ijrochi direktori general Xit Kollinz 4 avgust kuni 2022-moliyaviy yil oxirigacha havoda joylashadigan gipertovushli raketa ishlab chiqarilishining ishga tushirilishi raketaning 28 iyul kuni ilk parvozni amalga oshirishni rad etishi bilan bogʻliq muammo qanchalar tez yechim topishiga borib taqalishini aytgan edi.
Avvalroq, AQSH HHK 2022-moliyaviy yil uchun 12 ta AGM-183A (ARRW) raketalarini yaratish uchun 161 million dollar soʻrashgan edi. AQSH harbiy byudjeti gipertovushli tadqiqotlar uchun 3,2 milliard dollarlik xarajatlarini oʻz ichiga oladi. Koʻrinib turibdiki, gipertovush sohasida katta pullar katta yutuqlar bilan oʻzaro bogʻliq emas ekan.
Istiqbolli ARRW loyihasi uchun amerikaliklar 2020 yil fevral oyida qimmatbaho HCSW gipertovushli dasturdan voz kechgan edilar (Pentagon uchun gipertovushli texnologiyalarni rivojlantirishda pioner boʻlgan Lockheed Martin bilan 928 mln dollarlik shartnoma). Balki dramaning uchinchi qismiga oʻtish vaqti kelgandir.
Qoʻshma Shtatlarda hozir taxminan sakkiztacha alohida gipertovushli raketa yaratish dasturlari ustida ish olib borilmoqda. Biroq hali bitta ham ishlaydigan mahsulot yaratilmadi, ular hatto "ish holatiga yaqin" emas. AQSH Kongressi Tadqiqot xizmatining gipertovushli qurollarni ishlab chiqish haqidagi hisobotida oʻta xavotirli holat qayd etilgan: AQSH Rossiya va Xitoydan bir necha yillarga orqada qolmoqda.
Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga aʼzo boʻling https://t.me/AKhrolenko
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala