Rossiyaning yangi gipertovushli raketasi: X-95 haqida ma’lumotlar

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishPusk novoy protivoraketi sistemi PRO na poligone Sari-Shagan
Pusk novoy protivoraketi sistemi PRO na poligone Sari-Shagan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya yuqori texnologiyali qurol-aslahalarni yaratish va ishlab chiqarishda G‘arbni ancha ortda qoldirdi. Olis masofaga uchadigan X-95 gipertovushli aviatsiya raketasi texnologik va harbiy ustuvorlikning yana bir salmoqli dalilidir.
Avgust oyining boshlarida RF Qurolli Kuchlari bosh shtabi harbiy akademiyasi rahbari Vladimir Zarudniskiy RF Mudofaa vazirligining "Voyennaya misl" jurnalida eng yangi X-95 gipertovushli raketani "maxfiylikdan chiqargan edi". Harbiy rahbarning maqolasi zarba va qiruvchi aviatsiyani qo‘llash orqali havo-kosmik sohasida erishiladigan hukmronlikka bag‘ishlangan edi.
Tochno v sel: v Rossii uspeshno proshli ispitaniya raketi S-500 Prometey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Rossiya S-500 “Prometey” raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Bunda yuqori aniqlikka ega uzoq masofaga uchadigan aviatsiya raketalari, ayniqsa, gipertovushli raketalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Modomiki X-95 raketasi haqida bunday darajada gapirila boshlashgan ekan, u holda, bu uning tayyor bo‘lganidan darak beradi.
Katta masofaga uchadigan, yuqori aniqlikka ega X-95 gipertovushli raketasi Tu-22M3M va Tu-160M ​​bombardimonchilarining jangovar imkoniyatlarini, shuningdek istiqbolli uzoq masofali aviatsiya majmuasi (PAK DA) uchun mo‘ljallangan. RIA Novosti manbasiga ko‘ra, X-95 mahsulotining tajriba namunalari allaqachon havo tashuvchisida sinovdan o‘tgan.
Yangi aviatsiya raketasining texnik xarakteristikalari keltirilmagan, ammo shu narsa ma’lumki, gipertovushli X-47M "Kinjal" raketasi 12 Maxgacha bo‘lgan tezlikka va 2000 kmdan ortiq parvoz masofasiga ega.
Samoxodnaya puskovaya ustanovka 9P78-1 Iskander-M vo vremya demonstratsii xodovix i ognevix vozmojnostey na poligone Alabino v ramkax Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
NATO uchun "ta’qiq zonasi": Rossiya "Iskanderlari" yangi raketalarga ega bo‘ldi
Taxmin qilish mumkinki, eng yangi X-95 yanada tezroq, uzoqroq uchadi va hatto 5000 km ham u uchun chegara bo‘lmaydi. RF Mudofaa vazirligining aviatsiya bazasidagi gipertovushli qurollarga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri - bu uchish chizig‘idan kamida 5500 km masofada dushman strategik obyektlarini yo‘q qilish qobiliyatidir. HKK samolyotlari F-22 qiruvchi-tutuvchi va havodan hujum tizimlari, hamda raketalarga qarshi mudofaa tizimlari harakatlari zonasidan tashqarida qolishi muhim. O‘ylaymanki, o‘rta masofaga uchadigan istiqbolli raketalar general Zarudniskiy uchun unchalik qiziq bo‘lmas edi.
Bugungi kunda Tu-160 va Tu-95MS Uzoq aviatsiya samolyotlari zamonaviy X-101 (X-102 termoyadroviy boyegolovkali) qanotli raketalari bilan qurollangan va ular 5500 km masofaga ucha oladi (https://sputnik.by/20191129/Rossiya-vozobnovila-proizvodstvo-strategicheskikh-raketonostsev-Tu-160M-1043337405.html).
O‘xshashi dunyoda yo‘q, shunday bo‘lsa-da, kam ko‘rinuvchan X-101 ehtimoliy dushmanning raketalarga qarshi mudofaa vositalari tomonidan tutib olinishi mumkin. Gipertovushli raketalarni esa barcha mavjud va istiqboldagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va raketalar hujumiga qarshi tizimlar deyarli nishonga ololmaydi.
Yuqori texnologiyaga ega dushman bilan ehtimoliy jangda olis masofaga uchuvchi X-95 raketasi g‘alabaning muhim omili bo‘loladi.

Optimistik trayektoriya

Strategik tashuvchi moslamalar bilan eng yangi X-95 gipertovushli raketalari uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi. Hattoki "boqiy" Tu-95MSni hisobga olmaganda ham, bugungi kunda Rossiya harbiy-kosmik kuchlari safida 16 ta Tu-160 raketa tashuvchisi bor. Asta-sekin "Oq oqqushlar" Tu-160M ​​darajasigacha modernizatsiya qilinib, ikkinchi seriyali NK-32 dvigatellari bilan qayta jihozlanmoqda va bu ularga soatiga 2200 km tezlikka erishishga imkon beradi.
Ellikka yaqin yangilangan Tu-160Mlarni Qozon aviazavodida qurish rejalashtirilgan. Istiqbolli uzoq masofali aviatsiya majmuasining sariyali ishlab chiqarilishi 2028-2019 yillarga mo‘ljallangan.
Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2020
Putin Rossiya nega gipertovushli qurol yaratishga majbur bo‘lganini aytdi
RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu sal avval gipertovushli majmualarni noyadroviy tiyib turish kuchining asosi deb atagan edi. Fevral oyida Rossiyada beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlari uchun yangi gipertovushli "Gremlin" raketasi yaratgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi ("Gremlin" sinovlari 2023-yilga rejalashtirilgan). Rossiya gipertovushli raketalarining soni va sifati har doim tashqi tahdidlarga mos bo‘ladi.
Rossiyaning gipertovushli quroli – "Avangard" (strategik maqsaddagi raketa qo‘shinlari) majmualari, "Kinjal" (HKK) va "Sirkon" raketalari (HDF) – ishchi holatda bo‘lib, Pentagon va NATOdagi eng qaynoq boshlarni samarali sovutib turibdi.
Dengizda joylashadigan "Sirkon" gipertovushli raketalari davlat sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlab, tez orada 22350 loyihasining qurol-aslahalari, eng yangi ko‘p nishonli 885M loyihasining "Yasen-M" submarinalari va modernizatsiyalangan raketa kreyseri - "Admiral Naximov" safiga qabul qilinadi.
Rossiya gipertovushli qurollarni yaratish va ishlab chiqarish sohasida yetakchidir. 2019-yildan beri faqat Xitoy shunga o‘xshash qurolga ega - DF-17 o‘rta masofali raketasi (2500 km gacha) tezlikni 10 Maxgacha oshirishga qodir.
Shu sababli, eng so‘nggi X-95 haqidagi ma’lumotlar ko‘plab mamlakatlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mana shu fonda Pentagon Kongressdan Rossiya gipertovushli qurollaridan kelayotgan tahdidga qarshi turish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qildi. Ko‘rinib turibdiki, endi 740 milliard dollarlik harbiy budjet ham gipertovushli tezlikka erishish uchun kamlik qilyapti. Vashington aylanma yo‘llarni izlamoqda, gipertovushli qurollarni xalqaro konvensiyalar bilan taqiqlashni taklif qilib, kreativ manyovrlarni ishga solmoqda.

"Sheriklar" yeta olmaydi

Har yili milliardlab dollarlarni qurol-yarog‘ga sarflashiga qaramay, AQSh gipertovushli texnologiyalar poygasida Rossiyaga yeta olmaydi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan AGM-183A Air-Launched Rapid Response Weapon aviatsiya raketasi prototipini sinovdan o‘tkazish paytida, mahsulot Janubiy Kaliforniya qirg‘oqlarida bombardimonchidan ajraldi, lekin reaktiv taga yoqilmadi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, puskdan so‘ng darhol reaktiv dvigatel yonib ketgan va "raketa nishonga tega olmagan".
Gipertovushli prototipning muvaffaqiyatsiz sinovi sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzilgan. Ushbu turdagi avariyalar (raketa yoqilg‘isining butun hajmi detonatsiyasi) tashuvchiga jiddiy tahdid soladi va AGM-183A bilan bog‘liq holatda esa gap B-52H Stratofortress bombardimonchisi haqida borgan edi.
Muvaffaqiyatsiz sinovlar seriyasi bugun harbiy-havo kuchlarining yagona loyihasi bo‘lgan - ARRWning butunboshli gipertovushli loyihasini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Perviy zapusk giperzvukovoy raketi Sirkon s fregata Admiral Gorshkov v Belom more po morskoy seli v Barensevom more. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2020
Rossiya “Sirkon” gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
AQSh HHKning qurollanish dasturi ijrochi direktori general Xit Kollinz 4-avgust kuni 2022-moliyaviy yil oxirigacha havoda joylashadigan gipertovushli raketa ishlab chiqarilishining ishga tushirilishi raketaning 28-iyul kuni ilk parvozni amalga oshirishni rad etishi bilan bog‘liq muammo qanchalar tez yechim topishiga borib taqalishini aytgan edi.
Avvalroq, AQSh HHK 2022-moliyaviy yil uchun 12 ta AGM-183A (ARRW) raketalarini yaratish uchun 161 million dollar so‘rashgan edi. AQSh harbiy budjeti gipertovushli tadqiqotlar uchun 3,2 milliard dollarlik xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘rinib turibdiki, gipertovush sohasida katta pullar katta yutuqlar bilan o‘zaro bog‘liq emas ekan.
Istiqbolli ARRW loyihasi uchun amerikaliklar 2020-yil fevral oyida qimmatbaho HCSW gipertovushli dasturdan voz kechgan edilar (Pentagon uchun gipertovushli texnologiyalarni rivojlantirishda pioner bo‘lgan Lockheed Martin bilan 928 mln dollarlik shartnoma). Balki dramaning uchinchi qismiga o‘tish vaqti kelgandir.
Qo‘shma Shtatlarda hozir taxminan sakkiztacha alohida gipertovushli raketa yaratish dasturlari ustida ish olib borilmoqda. Biroq hali bitta ham ishlaydigan mahsulot yaratilmadi, ular hatto "ish holatiga yaqin" emas. AQSh Kongressi Tadqiqot xizmatining gipertovushli qurollarni ishlab chiqish haqidagi hisobotida o‘ta xavotirli holat qayd etilgan: AQSh Rossiya va Xitoydan bir necha yillarga orqada qolmoqda.
Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘ling https://t.me/AKhrolenko
Yangiliklar lentasi
0