Samarqandlik yigit tanishining 16 ming $ini bukmekerlik saytida yutqazib qo‘ydi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2021
Obuna bo‘lish
Samarqandlik yigit katta miqdordagi pullarni tanishini aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Firibgar salqin ichimliklar savdosini yo‘lga qo‘yib, foyda ko‘rishni taklif etgan
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Samarqandlik yigit o‘zganing 16 ming AQSh dollarini bukmekerlik saytida yutqazib yuborgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 26 yoshli S.F. tengdosh tanishi X.Sh.ning ishonchiga kirib, unga salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanish va foyda ko‘rishni taklif qilib, jami 16 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mashina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Zarar 5,3 mlrd so‘m: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi
So‘ngra ushbu pullarni "1xbet" bukmekerlik saytida o‘yinlarga tikib, yutqazib qo‘ygan.
Bundan tashqari, S.F. tanishi T.J.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashina pullarini bo‘lib to‘lab berish sharti bilan 9 000 AQSh dollariga xarid qilgan. Avtomashinani biroz muddat boshqargach, boshqa shaxsni avtomashina o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, 6 200 AQSh dollariga sotgan va pullarni yana o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan S.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0