Birinchi sentabrdan maktablarda darslar gibrid shaklda davom etadi - XTV

© Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishDistansionnoe obuchenie shkolnikov
Distansionnoe obuchenie shkolnikov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
XTV o‘qituvchilar va ota-onalardan tezroq vaksina olishni va bu an’anaviy ta’lim shakliga tezroq o‘tishning yagona yo‘li ekanini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, 1-sentabrdan maktablarda darslarni gibrid shaklda davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida XTV matbuot kotibi Laylo Rustamova xabar qildi.
Lola Rustamova aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda maktab yoshidagi bolalar orasida ham koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda. Shu bois Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qiladi.

Bunda maktabdagi epidemiologik vaziyatga qarab, San-epid nazorati taklifiga hamda mahalliy kengashlar qarorlariga ko‘ra ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin. Bunda o‘quvchilar ta’limni vaqtincha masofaviy shaklda uydan davom ettiradi.

O‘quvchining masofadan ta’lim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.
Perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Birinchi sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi
Xalq ta’limi vazirligi an’anaviy ta’limni to‘liq tiklanishi uchun barcha tizim xodimlarini tezroq vaksina olishlarini so‘rab qoladi. Hech qanday eng zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi ham bevosita maktabdagi ta’lim o‘rnini bosa olmaydi
"Bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu — vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz", -deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0