Jamiyat

Daraxtni deb yuzaga kelgan janjaldan soʻng Ekopartiya rahbari hodisa joyiga bordi

© Press-slujba Ekopartii RUzLider Ekopartii Narzullo Oblomurodov izuchil situatsiyu s vыrubkom dereva
Lider Ekopartii Narzullo Oblomurodov izuchil situatsiyu s vыrubkom dereva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
"Oʻzbekiston Ekologik partiyasi ona tabiatning bir boʻlagi boʻlgan daraxtlarning kesilishini keskin qoralaydi", - deb aniqlik kiritadi partiya matbuot-xizmati vakili.
TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida kuni kecha mahalliy faollar va daraxtni kesishni rejalashtirganlar oʻrtasida janjal yuzaga kelgach, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligida oʻrganish ishlari olib bordi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-rolikda Uchtepa tumanida daraxt kesilishiga norozi boʻlgan fuqarolar va daraxt kesayotganlar oʻrtasida katta janjal yuzaga kelgani aks etgan.
V Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya vыrubka derevyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2019
Oʻzbekistonda qimmatbaho navlardagi daraxtlar kesilishiga moratoriy eʼlon qilindi
Daraxtlarni kesayotganlar qoʻlida arra bilan "Bizda ruxsat bor!", deb baqirsa, mahalliy faollar deyarli jonli qalqon boʻlib, daraxtni oʻrab olib, ularga qarshilik koʻrsatgan.
Mojaro yarim kechgacha davom etgan, mahalliy faollar daraxtni asrab qolish uchun uyqudan voz kechib, navbatchilik qilayotgani holati ham tasvirga olingan.
Video ijtimoiy-tarmoqlarda qizgʻin-bahs munozaralarga sabab boʻldi.
Bugun holat yuzasidan eko-partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligida oʻrganish ishlari olib borildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga partiya matbuot-xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, Oblomurodov aholi vakillari bilan uchrashgan.
Maʼlum boʻlishicha, Uchtepa tumanida yashovchi B.Daminov aholi yashash xududi orasida qurilish qilish maqsadida yollanma ishchini jalb qilgan holda mazkur hududdagi bir tup diametri 39,4 sanimetr boʻlgan safora daraxtini kesmoqchi boʻlgan vaziyatda aholi vakillari tomonidan toʻxtatib qolingan.
Keskin noroziliklarga sabab boʻlgan mazkur holat Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan nazoratga olindi, dedi partiya vakili.
Nazorat ishlariga ekologiya inspektsiyasi hamda profilaktika inspektori jalb etilgan. Bu borada hatto jamoatchilik eshituvini oʻtkazish rejalashtirilgan.
"Oʻzbekiston Ekologik partiyasi ona tabiatning bir boʻlagi boʻlgan daraxtlarning kesilishini keskin qoralaydi", - deb aniqlik kiritadi partiya matbuot-xizmati vakili.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi jumladan, Uchtepa tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlarni mazkur holatni aholi fikrini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqishga chaqirib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala