Jamiyat

IIBB Olmazor city’dagi juftlik bilan suhbat oʻtkazdi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Birovlarning shaxsiy hayoti va montaj qilingan yolgʻon videolarni tarqatish - jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin - Toshkent IIBB.
TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB uy balkonidagi ayol va erkak kimligini aniqladi, deb xabar qilmoqda Qalampir nashri IIBB Axborot-multimedia markazi boshligʻi Nilufar Isaxonovaga asosan.
“Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB tomonidan Feruza Najmiddinovaning arizasi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Videoda aks ettirilgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaro S.A. oʻzining turmush oʻrtogʻi SH.A. bilan birga shu ishni qilgani oydinlashdi. Ushbu fuqarolar bilan tushuntirish profilaktika ishlari olib borildi va bunday xatti-harakatlarni odamlar koʻz oʻngida qilish mumkin emasligi tushuntirildi.
Maʼlum boʻlishicha, ular bir xonali uyda yashagani bois, farzandlarining oldida emas, tashqarida bu kabi harakatlarni sodir etgan. Videodagi ayol Feruza Najmiddinova emasligi IIBB tomonidan toʻliq tekshirilib, aniqlandi, - deydi Isaxonova.
Undan tashqari, IIBB multimedia markazi boshligʻi fuqarolardan, kishilarning shaxsiy hayotiga taaluqli ushbu kabi vodeolavhalarni keng ommaga tarqatish, montaj uslubida yolgʻon maʼlumotlar tarqatish - huquqbuzarlik ekanini eslatib, buning uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkinligini aytib oʻtdi.
"Agarda shu kabi videolarni tasvirga olsangiz, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligingizni soʻrardim. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy va Jinoiy Javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga asosan bunday harakatlar huquqbuzarlik hamda jinoyat deb topilishi mumkin.Bundan tashqari, montaj uslubida tekshirilmagan hamda yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish ham jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi”, - deydi Nilufar Isaxonova.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin goʻyoki Qalampir nashri jurnalisti Feruza Najmiddinova aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan edi. Shunday soʻng keng jamoatchilik va qator rahbarlar jurnalistni himoya qilib chiqishgan edi. Ayni damda IIBB Najmidinovaning arizasiga muvofiq, ushbu voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala