Nega o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, imkon qadar ko‘proq odamni emlash va qisman immunitet shakllantirish maqsadida hozircha birinchi dozani qo‘llashga qaror qilingan.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 9-avgustdan boshlab O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash 1 hafta muddatga vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holatga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov oydinlik kiritdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo hamjamiyatida vaksinalarga ehtiyoj keskin ortib bormoqda. O‘zbekistonda ham har kuni 350-400 ming doza vaksinadan foydalanilyapti.
“Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining ikkinchi dozasini olishi kerak bo‘lganlarning 50 foizi, uchinchi dozani olishi kerak bo‘lganlarning 70 foizi o‘z vaqtida navbatdagi vaksinani olishga kelmayapti. Agar biz ularning navbatdagi dozani olishi uchun vaksinalarni saqlab turaversak, vaqtdan yutqazamiz. Shu bois aholining katta qismida qisman bo‘lsa-da immunitet shakllantirish uchun mavjud vaksinalarni faqatgina birinchi dozani oluvchilar uchun qo‘llashga qaror qildik. Biz shu orqali kasallikka qarshi qisman immunitet shakllantirishimiz va kasallik yuqqan taqdirda, yengil o‘tishi uchun zamin yaratgan bo‘lamiz”, - deya tushuntiradi Otabekov.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1,3 milliondan ziyod kishi to‘liq emlangan. Mamlakatdan foydalanilgan vaksinalar dozasi 10 milliondan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0