Kolumnistlar

Oʻzbekistonda bunday saylovlar boʻlmagan: 2021-yil oktyabrda saylovchilarni nimalar kutmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishJenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Oʻzbekistonda 2021-yilgi prezident saylovi kampaniyasi boshqa saylov kampaniyalaridan koʻp jihatlari bilan ajraladi. Ushbu siyosiy jarayon yangi yagona saylov kodeksi boʻyicha, yangi Oʻzbekiston sharoitida oʻtkazilayotgani ham shunday masʼuliyatni yuklamoqda.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayevning soʻzlariga koʻra, 2021 yilda va ilk bor yangi saylov kodeksi asosida oʻtkazilayotgan prezident saylovidan koʻzlangan pirovard maqsad: saylovlar adolatli, shaffof va umumeʼtirof etilgan xalqaro talablar asosida oʻtdi, degan eʼtirofga sazovor boʻlish.

"Har bir ovoz beruvchi uchun kurashamiz"

Oʻzbekistonda 2021-yilgi prezident saylovi kampaniyasi boshqa saylov kampaniyalaridan koʻp jihatlari bilan ajraladi. Ushbu siyosiy jarayon yangi yagona saylov kodeksi boʻyicha, yangi Oʻzbekiston sharoitida oʻtkazilayotgani ham shunday masʼuliyatni yuklamoqda.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
Qolaversa, joriy prezident saylovlarida eng katta maqsadlardan biri sifatida har bir ovoz beruvchigacha yetib borish vazifasi belgilab olingan.
“Kerak boʻlsa uyma-uy yuramiz. Komissiya aʼzolari saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish orqali aniqlashtiradi, - deya tushuntiradi Markaziy saylov komissiyasi axborot-xizmati rahbari Jaloliddin Usmonov. – Ammo bu saylov jarayonida majburiy mehnat, boʻlarkanda, degani emas. Har bir uchastka saylov komissiyasi aʼzosi belgilangan ish xaqisini oladi. Bugungi kunda komissiya aʼzolari ish xaqi (aniq summasi) va boshqa sarf-harajatlar haqida savollar koʻp yangramoqda, aynan mana shu masalalar boʻyicha MSK kengaytirilgan munosabatni tayyorlamoqda va u albatta, tez kunlarda eʼlon qilinadi”.
Taʼkidlanishicha, saylov uchastkalarida nogironligi boʻlgan saylovchilarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha ham chora-tadbirlar koʻzda tutilgan. Deylik, shunga zarurat boʻlsa, saylov uchastkalari jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moʻljallangan yashirin ovoz berish kabinalari bilan jihozlanadi. Agar saylovchi uyda uyda bemor boʻlib yotgan boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra, ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, bunday fuqarolar uchun saylovchining iltimosiga binoan u yashayotgan uyda ovoz berish tashkil etiladi.
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix vыborov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Siyosat
Mashhur "galochka" va bayroq ranglari: MSK prezident saylovlari logotipini taqdim etdi
“Biz har bir saylovchigacha yetib borishga harakat qilamiz. Cheklangan imkoniyatlar fuqarolarimizga ularning Konstitutsion burchlarini ado etishga sabab boʻlib qolmasligi kerak. Buning uchun barcha sharoitlarni hozirlayapmiz”, - deydi MSK matbuot-xizmati rahbari.
Taʼkidlanishicha, bunda tegishli komissiyaning kamida ikki nafar aʼzosi koʻchma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Vaqtincha yashayotgan manzildan ovoz bersa boʻladimi?

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayevning aytishicha, bugungi kunga qadar juda koʻpchilik aholini qiziqtirayotgan masalalardan biri – bu oʻzi doimiy istiqomat qiluvchi manzildan emas, balki vaqtincha yashayotgan manzildan ovoz berish imkoniyatlari toʻgʻrisidadir.
Avvalgi saylovlarda, vaqtinchalik yashash manzillarida istiqomat qiluvchi koʻplab fuqarolar saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlishgani holatlari hech kimga sir emas.
Endilikda, yangi Kodeks boʻyicha chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarida muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida oʻtkazilishi mumkin.
Buning uchun koʻchma qutilar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Siyosat
MSK prezident saylovlariga SHHT kuzatuvchilari missiyasini taklif etdi
Oʻzbekistonda esa fuqarolar vaqtincha yashash manzili boʻyicha saylov uchastkasiga biriktiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda kuzatuvchilarni OAV orqali xabardor etadi.

Onlayn ovoz berish tashkil etiladimi?

MSK raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov, onlayn-ovoz berish haqidagi savolga toʻxtalar ekan, Oʻzbekistondagi saylovning oʻziga xos printsipi – bu yashirin ovoz berish ekanligini eslatib oʻtadi va elektron ovoz berishda identifikatsiya masalalaridan kelib chiqqan holda, onlayn-ovoz berish yashirinlilikni taʼminlay olmaydi, shu bois, biz bu tizimni qoʻllay olmaymiz, deya tushuntiradi.
Taʼkidlanishicha, MSK pandemiya boshlanganidan buyon 10ta davlatda pandemiya sharoitida oʻtkazilgan va oʻtkazilayotgan prezident saylovlarida bevosita ishtirok etib, bu tajribaning ijobiy tomonlarini oʻrgangan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi, mutasaddi idora vakillari kelishilgan holda yoʻriqnomani tayyorlagan. Bu yoʻriqnomani esa saylovga yaqin qolganda eʼlon qilish rejalashtirilgan.
Podgotovka k prezidentskim vыboram v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Siyosat
Oʻzbekistonliklar dunyoning istalgan nuqtasidan ovoz berishlari mumkin - MSK
Oʻzbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, OʻzLiDeP, XDP va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi oʻz nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Saylov 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

"Oilaviy ovoz berish" qattiq nazoratga olinadi

Oʻzbekistonda ilgari doim, jumladan, 2019 yilda boʻlib oʻtgan Parlament saylovlarida ham “oilaviy ovoz berish” yaʼni bir kishi oiladagi barcha uchun ovoz berishi holati uchrab turgani sir emas. Ammo bu singari holatlarga qattiq kurashilgan, deya eslatib oʻtadi MSK raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov. Bu holatga chek qoʻyish esa eng avvalo saylovchilarning huquqiy ongiga bogʻliq, deb qoʻshimcha qiladi u.
Qoʻchqorovning taʼkidlashicha, saylovda ishtirok etadigan fuqarolarning toʻliq roʻyxati avtomatik tarzda shakllantirilgan. Bu bir shaxsning bir necha marotaba ovoz berishi yoki bir kishining butun oila aʼzolari uchun ovoz berishining oldini olish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etishi maʼlum boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala