O‘zbekistonda kafe va restoranlarga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda kirish mumkin bo‘ladi

© CC0 / Unsplash / Vlad BRestoran v Parije
Restoran v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Joriy yil 10-avgustdan e’tiboran O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"...aholini ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishning muhim omili ekanligini hisobga olib, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini pandemiya sharoitida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va emlash jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida maxsus komissiyasining qarori bilan: 2021-yil 10-avgustdan e’tiboran: umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi", - deyiladi xabarda.
Koronavirusning delta-shtammiga qarshi yangi vaksinalar talab etilishi mumkin - olimlar
Bunda umumiy ovqatlanish obyektlariga koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etilmoqda (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno).
2021 yil 1-oktabrdan boshlab: tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish subyektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko‘rsatishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0