Siyosat

Oʻzbekistonda prezident saylovi uchun okruglar tuzildi

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzish va OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi yigʻilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida Oʻzbekiston prezidenti saylovini oʻtkazish uchun 14 ta saylov okruglari tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Qayd etilishicha, har bir saylov okrugidagi saylovchilar soni yigʻilish oʻtkazilgan sanagacha saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimining maʼlumotlari asosida aniqlangan.
Saylov okruglari roʻyxati, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashuvi koʻrsatilgan holda MSK tomonidan eʼlon qilinadi.
Yigʻilishda, shuningdek, OAV vakillarini akkreditatsiya qilish masalasi ham muhokama qilindi.
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Kolumnistlar
Oʻzbekistonda bunday saylovlar boʻlmagan: 2021-yil oktyabrda saylovchilarni nimalar kutmoqda
Bugungacha MSKga akkreditatsiyadan oʻtkazishni soʻrab bir qator ommaviy axborot vositalaridan murojaatlar kelib tushgan. Yigʻilishda 500 dan ortiq OAV vakillariga akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tegishli guvohnomalarni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Kelgusida OAVdan murojaaatlar boʻyicha MSK ularning akkreditatsiyasini oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi.
Oʻzbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, OʻzLiDeP, XDP va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi oʻz nomzodini ilgari surish huquqiga ega va ular oʻz nomzodlarini koʻrsatishdi. Saylov 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala