Siyosat

Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsuli tayinlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Atabek Tursinbekovga Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsuli vazifasi topshirildi.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Atabek Tursinbekov Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi (Qozogʻiston) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Atabek Tursinbekov 1987 yilda Nukus shahrida tugʻilgan. 2009—2017 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Muxsinxuja Tursunxujayevich Abduraxmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonning Yaponiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Shuningdek, u 2017—2021 yillarda Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan. Oilali, ikki farzandning otasi.
Taʼkidlanishicha, Aqtau shahridagi bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozogʻistonning Aqtoʻbe, Atirau, Gʻarbiy Qozogʻiston va Mangʻistau viloyatlari kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala