Kolumnistlar

Polshaga Kaliningrad kerak: mojaro boshlanib boʻldi

© Sputnik / Aleksey Vitvitsky / Fotobankka oʻtishFlag Polshi
Flag Polshi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Ayni damda sobiq Varshava bloki mamlakatlaridan birida dunyo jamoatchiligi uchun sezilmagan holda ehtimolan Yevropaning energetika, muhimrogʻi, geosiyosiy xaritasini toʻliq oʻzgartirishi mumkin boʻlgan voqealar rivojlanmoqda.
Gap Polsha haqida boryapti. Yevropa OAVlarining yozishicha, mamlakatning energetikasini yangidan qurollantirish poygasiga ikki mahalliy oligarx va ularga tegishli kompaniyalar qoʻshilgan. Ulardan biri Mixal Solovov va uning Synthos kompaniyasi. Kompaniya kimyo sanoati sohasi bilan qiziqadi. Polsha mediamagnati, ZE PAK egasi Zigmunt Solorj-Jak unga raqiblik qilmoqda.
Bashni Moskovskogo Kremlya i kupola Pokrovskogo sobora na zakate - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Rossiya
Kreml Rossiyani “normal boʻlmagan mamlakat” deb atagan Polsha prezidentiga javob qaytardi
Bir oy avval Solovov printsipail bitim tuzganini eʼlon qildi. Uning doirasida Amerika kontserni GE Hitachi Nuclear Energy 2033-2043 yillarda Polsha hududida har birining quvvati bir gigavattdan 1,6 gacha boʻlgan toʻrtta kichik atom reaktorini qurish majburiyatini olgan. Uning raqibi mantiqliroq va amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tashabbus bilan chiqmoqda, biroq uning yoʻlida surunkali polyakcha rusofobiya turibdi. Solorj-Jak Kaliningrad viloyati joylashgan Boltiq AES (Baltiyskaya AES) qurilishiga sarmoya kiritishni taklif qilmoqda, shu tariqa nafaqat Polshaning barcha muammolarini hal qilish, balki elektr energegiyasini yetkazib berish bozorida asosiy mintaqiviy oʻyinchi boʻlish.
Hozirgi vaziyat tarix va yangi zamonaviy ekologik kun tartibiga borib taqaladi. Gap shundaki, Polsha sobiq Varshava shartnomasining SSSRdan hech boʻlmaganda bittagina eski AES meros boʻlib qolmagan mamlakatlar sirasiga kiradi. Polsha energetikasi umuman va toʻliqligicha koʻmirdan iborat.
2019 yilgi maʼlumotlarga koʻra, koʻmir elektr energiyasi ishlab chiqarishning qariyb yetmish toʻrt foizi asosi boʻlgan – gʻarbda ekologiyaning eng ashaddiy dushmani va qutb muzlarining qotili deb eʼlon qilingan oʻsha koʻmir.
Bu ishlar, albatta, Yevroittifoqini unchalik qoniqtirmaydi, lekin polyaklar yildan yilga oʻz energetikasini yashillashtirish talablariga javob qaytarib, eng kichik boʻlmagan mamlakat uchun generatsiyalarning uchdan ikki qismini shamol va quyosh panelllari bilan almashtirishning iloji yoʻqligini adolatli aytib keladi. Bryussel va Varshava oʻrtasidagi bu siyosiy ur-sol birinchi marta choʻzilayotgan yoʻq, lekin Polsha byudjeti har yili Yevropa gʻaznasidan 15-20 milliard yevro miqdorida dotatsiya oladi, Polsha hukumati oʻz donor talablarini qondirish usullarini qidirishga majbur.
Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2020
Dunyoda
Polsha "Shimoliy oqim-2" tufayli Gazpromni 7,6 milliard dollarga jarimaga tortdi
Hech kimga sir emaski, Polsha Rossiyaning Yevropadagi har qanday energetika loyihalarining oldingi va ashaddiy dushmani sanaladi. Varshava hamisha aytib keladiki, tez orada u Rossiya gazini xarid qilishdan voz kechadi, ittifoqda Boltiqboʻyi mamlakatlari bilan “Shimoliy oqim-2”ga qarshi kerakli barcha ishlarni qiladi, yaʼni Germaniya va Avstriyaning Yevropaning asosiy gaz xabiga boʻlgan urinishlariga zarba bermoqda.
Mantiq, iqtisod, geografiya va fizika polyaklar oʻzlarining Rossiyani yoqtirmasliklarini bir chetga surib, u bilan hamkorlik qilishlari kerakligini aytib turibdi.
Polsha energiya tanqis boʻlgan mamlakatdir. Bu u oʻz hayotiy faoliyatini taʼminlash uchun kerakli boʻlganga qaraganda kamroq elektr energiyasini mustaqil ishlab chiqarishini anglatadi. Raqamlar juda oʻjar, ular har yili 165,5 teravatt-soat ishlatilganda yana oʻttizini Varshava chet eldan xarid qilishini aytib turibdi. Qoʻpol qilib aytganda, Polsha energiya tizimidagi har oʻninchi kilovatt import qilingan. Biroq bu hammasi emas. Agar Polsha xaritasini olib, unga elektr stantsiyalarini qoʻysa, maʼlum boʻladiki, mamlakatning shimoli-sharqida generatsiya obʼyektlar umuman yoʻq. Yaqin IESlari Varshavadan janubroq va Gdanskidan gʻarbroqqa joylashgan.
Amerikaliklar taklifi va Kaliningraddagi atom stantsiyasi taqqoslansa, qaysi biri foydaliroq va kuchliroq ekanini ayon boʻladi. Jismoniy infratuzilmasi, rasmiy hisob-kitoblarga koʻra 12-15 foizga tayyor boʻlgan Boltiq AESni qurib bitkazish yetti milliard yevroga tushadi, amerikaliklar loyihasi esa, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 23 milliardni tashkil etadi. Yana bir juda muhim omillardan biri – vaqt. Agar Kaliningraddagi obʼyektni 2028 yoki 2029 yilda ishga tushirish imkoni boʻlsa, Synthos esa amerikaliklar bilan ishni 2030 yildan keyin boshlamoqchi.
Taʼkidlash joizki, aynan Polsha (va Litvaning) xatti-harakatlari Nemandagi AES qurilishini toʻxtatib qoʻygandi. Qrim Rossiyaga qoʻshilgandan keyin Varshava va Vilnyus stantsiyadan elektr energiyasini xarid qilish bitimini bekor qildi. Qator elektr oʻtkazish stantsiyalari qurilishi bekor qilindi, jumladan, NordBalt (Litva orqali Shvetsiyaga), LitPol Link (Litva orqali Polshaga), Estlink (Litva orqali Estoniya va Finlyandiyaga) va Polshaga toʻgʻridan toʻgʻri energiya koʻprik.
Koʻrinib turibdiki, polshalik energetiklar oʻshanda Rossiya bilan hamkorlining muqobili yoʻqligini tushinishgan va Kaliningraddan elektr energiyasini xarid qilish uyatli ish deb hisoblashmagan – biroq katta siyosat aralashdi. Polsha Boltiqboʻyi Rossiya esklavini boʻgʻishga va qurilayotgan AESning qudrati sindirishga pul tikishdi. Ammo chuchvara xom sanalgani vaqt oʻtib oydinlashdi.
Rossiya Boltiq AES qurilishini toʻxtatib qoʻydi. Bekor qilgani yoʻq, balki aynan vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. Obʼyektda konvervatsiya boʻyicha ishlab olib borildi, u hozirgacha anabioz holatida turibdi. Uning 2,8 gigavatt qudrati kimga kerakligi boʻlish fursatini kutib yotibdi. Ikkita atom reaktorini yoʻqotib, Rossiya bunga javoban oʻzining afsona boʻlgan “assimetrik dzyudo”sini qoʻlladi – Kaliningrad viloyatida oʻtgan yillarda Talaxovskaya, Pregolskaya, Mayakovskaya issiqlik elektr stantsiyalari va Pravdinskaya GESi qad rostladi. Bugungi kunda mintaqa toʻliq energiya bilan taʼminlangan, va bu fakt ehtimoliy investorlar uchun deyarli cheklovsiz imkoniyatlar ochadi.
Ichki bozoda Boltiq AES mahsuloti kerak boʻlmagani sababli uni butunligiga elektr energiyasi eksportiga yoʻnaltirish mumkin. Polshada aqllarini yigʻishtirib olishadi deb faraz qilsak, bizning gʻarbiy qoʻshnilarimiz qoʻllariga eng kuchli vosita va daromad manbaini olishadi.
Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2021
Jamiyat
Shavkat Abdukamilov: Oʻzbekiston boʻlajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi
Polshaning shimoli-sharqiy mintaqalari juda qulash va arzon elektr energiyani qoʻlga kiritadi. Belarus AES bunga yaqqol dalil. Polsha-Boltiqboʻyi tandemi uning qurilishiga qanchalik qarshilik koʻrsatmasin, jarayon jadal ketmoqda.
Yuzaki tahlil va Rossiya-Polsha munosabatlari tarixi shunday fikrga olib kelishi mumkinki, Varshava yana ayon narsani rad qiladi va oʻzining chiqimli rusofob yoʻlini davom ettiradi. Biroq bu yerda, katta siyosatda boʻlgani kabi, shaxsiy manfaat, katta pullar va katta imkoniyatlar aralashgan, hammasi silliq emas.
Solorj-Jak Boltiq AESini yolgʻiz oʻzi qurib bitkazmoqchi emas, MVM Venriya davlat kompaniyasi bilan birgalikda. Bu kompaniya taqdir taqazosi bilan nafaqat mamlakatdagi yagona AES “PAKSH”ning modernizatsiya uchun javob beradi, lekin unga ustuvor huquqni “Rosatomga”ga berdi. Qolaversa, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bir necha marta oʻzining polshalik hamkasbi Mateush Moravitski bilan uchrashdi. Sir emaski, asosiy masalalardan biri Kalinningraddagi AESni birgalikda qurib bitkazish imkoniyati boʻlgan.
Hisob-kitob juda oddiy: Rossiya, Polsha va Vengriya oʻrtasida uch tomonlama bitim tuzilsa loyihaning bir ishtirokchisi yaqin kelajakda stantsiyani olish uchun ikki milliard yevro sarmoya kiritishi kifoya boʻladi. Stantsiya esa faqat Polsha va Vengriya manfaatlariga ishlaydi, shu bilan birga Rossiya gʻaznasini toʻldiradi.
Eng qizigʻi shundaki, Polsha hozirgacha bu taklifdan voz kechganicha yoʻq.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala