Madaniyat

Qalblarni eritgan oʻzbek quyoshi: Oʻzbekiston va Rossiya ijodkorlarining yangi kartinasi

© Anons.uz"Solntse na vkus" - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solntse na vkus - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Ayni kunlarda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Solntse na vkus” (“Quyosh lazzati”) nomli filmini suratga olish jarayonlari yakunlanib premyera namoyishlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda, - deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Quyosh lazzati” kartinasining premyerasi sentyabr oyining oxirida,“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda, - deyilgan xabarda.

Yangi filmning nomi haqida: mualliflar qaynoq Osiyo quyoshidan qanday “lazzat” topishdi ekan? Bu savolga javob berish uchun suratga olish bilan bogʻliq qiziq bir faktga eʼtibor qaratish lozim. Dastlabki stsenariyga koʻra, bir oilaga mansub bobo bilan nabira yoʻqolib qolishi, oilaning qolgan aʼzolari esa ularni izlashi lozim edi – mana shunday joʻn va oddiy voqealar.
Biroq film direktori Sayyora Xudoyberdiyevaning maʼlum qilishicha, rossiyalik ijodkorlar Buxoro, Samarqand va Xiva kabi durdona shaharlarda boʻlib, bunday goʻzallikdan munosibroq foydalanish lozim, degan xulosaga kelishdi va natijada stsenariy butunlay qayta yozildi.
© Anons.uz"Solntse na vkus" - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solntse na vkus - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
"Solntse na vkus" - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Endi voqealar rivojiga binoan, Moskvada yashaydigan oila Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Oʻzaro kelishmovchiliklar va adovatlar girdobida qolgan oila aʼzolari Oʻzbekistonda boʻlish vaqtida bir-birlarini qayta kashf qiladilar, orada iliqlik, muhabbat tiklanadi. Bir soʻz bilan aytganda, jazirama Sharq quyoshi qalblardagi “muz”larni eritadi. Shu maʼnoda film nomi uning gʻoyasini toʻla aks ettiradi, deyish mumkin.
“Ipak yoʻli durdonasi” kinofestivali doirasida Rossiya kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan yana bir kartina - “Baron” filmining ikkinchi qismi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. "Bu muxlislarga munosib sovgʻamiz boʻladi", - deya umid bildirdi film rejissyori Rustam Saʼdiyev.
© Anons.uz"Solntse na vkus" - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solntse na vkus - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
"Solntse na vkus" - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Aytish joizki, bundan buyon Rossiya va Oʻzbekiston kinoijodkorlarining hamkorligi yil sayin yanada sermahsul boʻlib boradi. Sababi, bugungi kunda Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti (VGIK)da tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar safiga (hozir ular 7 kishi) yangi oʻquv yilidan yana 30 nafar abituriyent qoʻshilishi, bundan tashqari, 15 nafar yoshlarni institutning aktyorlik ustaxonalarida tahsil olishga yuborish rejalashtirilgan. Soha mutaxassislarning fikriga koʻra, Toshkentda VGIK filialining tashkil etilishi esa hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Filialning taqdimot marosimi “Ipak yoʻli durdonasi” festivali doirasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, “Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali 1968 - 1997 yillarda Toshkentda oʻtkazib kelingan "Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali"ining davomchisi hisoblanadi. Bu yilgi kinofestival 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar "Tinchlik, taraqqiyot va maʼrifat" shiori ostida boʻlib oʻtadi.
© Anons.uz"Solntse na vkus" - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solntse na vkus - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
"Solntse na vkus" - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala