Jamiyat

Qashqadaryoda birovning oʻrniga imtihonga kirgan 14ta shaxs ushlandi

© Press-slujba MISiSVstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha oʻzganing oʻrniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlangan
TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boshlangandan buyon Qarshi shahrida birovning oʻrniga imtihonga kirgan 14ta shaxs ushlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar bermoqda.
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Jamiyat
OTMlarga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda oʻtkaziladi
"Albatta, test sinovlarini topshirishda bilimiga, oʻziga ishongan yoshlar hech qanday muammosiz savollarni yechmoqda. Biroq ayrim “bilimdon” yoshlar maʼlum manfaat evaziga birovning oʻrniga test sinovlarini topshirishga urinmoqda. Natijada siri fosh boʻlgani yetmagandek, oʻzganing bir yillik umrini bekor oʻtishiga sababchi boʻlmoqda", - deyiladi IIB xabarida.
Taʼkidlanishicha, test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha oʻzganing oʻrniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlanib, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala