Qashqadaryoda birovning o‘rniga imtihonga kirgan 14ta shaxs ushlandi

© Press-slujba MISiSVstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
Test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha o‘zganing o‘rniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlangan
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlangandan buyon Qarshi shahrida birovning o‘rniga imtihonga kirgan 14ta shaxs ushlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar bermoqda.
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
OTMlarga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkaziladi
"Albatta, test sinovlarini topshirishda bilimiga, o‘ziga ishongan yoshlar hech qanday muammosiz savollarni yechmoqda. Biroq ayrim “bilimdon” yoshlar ma’lum manfaat evaziga birovning o‘rniga test sinovlarini topshirishga urinmoqda. Natijada siri fosh bo‘lgani yetmagandek, o‘zganing bir yillik umrini bekor o‘tishiga sababchi bo‘lmoqda", - deyiladi IIB xabarida.
Ta’kidlanishicha, test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha o‘zganing o‘rniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlanib, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0