Rossiya

Rossiyada emlanmagan talabalarni masofaviy taʼlimga oʻtkazish tavsiya qilindi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishDistantsionnoye obucheniye
Distantsionnoye obucheniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Shuningdek, Rossiya OTMlariga sessiyani emlangan va emlanmagan talabalar uchun alohida tashkil etish tavsiya qilingan.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Rossiya fan va oliy taʼlim vazirligi koronavirusga qarshi emlanmagan talabalarni masofaviy taʼlim shakliga oʻtkazishni tavsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Vazirlik buni Rossiyaning har bir hududidagi epidemiologik vaziyatni inobatga tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Taʼkidlanishicha, emlanmagan talabalar uchun oliygoh binolariga kelishning alohida rejimi oʻrnatiladi. Emlangan talabalar uchun darslar oliygohda oʻtkaziladi va ularning binoga kirishiga hech qanday cheklov oʻrnatilmaydi.
Bundan tashqari, Rossiya vazirligi OTMlarga sessiyani emlangan va emlanmagan talabalar uchun alohida tashkil etishni tavsiya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala