Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Koʻp mamlakatlar ushbu Olimpiya oʻyinlaridan saboq olishi kerak- Otabek Umarov

© Telegram-kanal Otabeka UmarovaOtabek Umarov pozdravil Baxodira Djalolova
Otabek Umarov pozdravil  Baxodira Djalolova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Umarov oʻzbekistonlik sportchilarni Tokio-2020 Oʻyinlaridagi munosib ishtiroki bilan tabriklab Parijda boʻyib oʻtadigan navbatdagi Olimpiadaga tayyorgarlikni boshlashni maslahat berdi.
TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Osiyo Olimpiya Kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov Oʻzbekiston Olimpiya jamoasini va bokschi Bahodir Jalolovni tabrikladi hamda Tokio-2020 XXII Olimpiya oʻyinlari haqida oʻz fikrini bildirdi.
“Bizning sportchimiz nima boʻlishidan qatʼiy nazar oxirigacha kurashish kerakligini butun dunyoga isbotladi! Bahodirni, olimpiadachilarni va barcha muxlislarni tabriklayman!”, - deb yozgan oʻzining telegramdagi sahifasida Umarov.
Otabek Umarov xulosasiga koʻra, Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari turli turli kamchilik, kutilmagan hodisalarga boy boʻlgan, lekin shu bilan birga ushbu Oʻyinlarda ibrat olsa boʻladigan holatlar ham koʻp boʻlgan.
Baxodir Djalolov prazdnuyet pobedu nad Richardom Torresom iz SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Bahodir Jalolov Oʻzbekistonga yana bir oltin medalni olib berdi
“Tokio Olimpiadasi oʻz yakuniga yetdi. Kimdir bu Oʻyinlarni munozarali, kimdir gʻalvali deb atadi, yana kimdirlar esa teletranslyatsiyalarning reytingi pasayishiga eʼtibor berishdi. Menimcha, har bir mulohazada haqiqat bor, lekin shaxsan men oʻtgan musobaqalarni birinchi navbatda ibratli deb atagan boʻlardim”, - deb yozadi Umarov.
Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti aytishiga koʻra, oʻzaro siyosiy munosabatlar qanday boʻlmasin sportchilar adolatli munosabatga loyiq. Ushbu Olimpiya oʻyinlari ham buni yana bir bor namoyish qilgan.

“Menimcha, koʻp mamlakatlar XXXII Olimpiada oʻyinlaridan saboq olishlari kerak. <…> Biz sportni siyosatdan va har qanday begona fitnadan tashqariga chiqarib, Olimpiya tamoyillari gʻalabasi uchun kurashni davom ettirishimiz kerak. Sababi, atletikachilar oʻzlariga nisbatan vijdonli va adolatli munosabatga loyiqdirlar – mavjud vaziyatning qanday boʻlishidan qatʼiy nazar”, - deb yozgan Umarov.

Shuningdek Umarov Oʻzbekistonlik sportchilar Olimpiya qadriyatlariga sodiq qolgan holda, MDH davlatlari orasida oltin medallar boʻyicha munosib ikkinchi oʻrinni egallaganini mamnuniyat bilan qayd etgan va Parijda boʻyib oʻtadigan navbatdagi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boshlashni maslahat berdi.
Sbornaya Uzbekistana po boksu razmestilas v Olimpiyskoy derevne - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Oʻzbekistonliklar Tokiodan qaytayotgan olimpiadachilarni qarshi olishlari mumkin
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida uchta oltin va ikkita bronza medal bilan jahon boʻyicha 32 oʻrinni egallagan. (medallar soni boʻyicha 42-oʻrin). Yetakchi jamoalar AQSH – 39ta oltin, jami 113ta, Xitoy – 38ta oltin jami 88ta, Yaponiya – 27ta oltin, jami – 58ta, Britaniya – 22ta oltin, jami 65ta, Rossiya – 20ta oltin, jami 71ta.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala